SENATORLARNING DOIMGI VA`DALARI: “ko`rib chiqilmoqda”, “joyiga chiqib o`rganamiz”, “maqsad qilganmiz”, “rejaga kiritamiz”…

17.12.2021 17:23

QAChON AMALIY ISh QILINADI?

“Ko`rib chiqilmoqda”, “joyiga chiqib o`rganamiz”, “maqsad qilganmiz”, “rejaga kiritamiz” qabilidagi gaplar bilan senatorlar jurnalistlar oldidagi navbatdagi ochiq muloqotlarini yakunlab oldi.

Odamlar senatorlarga ishonadimi? Bugun 34 milliondan ortiq aholi oldida hisobdor bo`lgan O`zbekiston Oliy Majlisi Senatorlarining davlat majlislari davomida aytgan so`zlarining salmog`i turmush hayotimizda ham sezilmoqdami? Ular tilga olgan, nazoratga olgan muammolari echimi hayotimizda sezilmagach, ularning so`zlari va o`zlariga bo`lgan xalq ishonchi yo`qolib borayotgandek.

Senatorlar jurnalistlarga qarshi chiqishdan cho`chimay qo`yganlari yaxshi, ammo shablon gaplar bilan o`tgan hisobotdan kimga nima naf?

Biz jurnalist sifatida senatorlarning oxiri yo`q va`dalari va ko`rib chiqilmoqda, o`rganilmoqda qabilidagi gaplarini ommaga etkazishdan or qiladigan darajada uyalmoqdamiz. Ammo, shablon  va`dalarga o`rgangan senatorlar bundan charchamaydigan ko`rinadi.

Bugun Axborot va ommaviy kommunikasiya agentligida Oliy Majlis Senatining yigirma ikkinchi yalpi majlisi yakuni bo`yicha bo`lib o`tgan matbuot anjumanida ham ayni masala yuzasidan bahs munozara bordi.

Unda, rost24.uz muxbiri Oliy Majlis Senatining yigirma ikkinchi majlisida senator Jahongir Ortiqxo`jaevning G`afur G`ulom bog`i yuzasidan qarori noto`g`ri bo`lgan bo`lsa-da, u bironta senator tomonidan ortiqcha savolga tutilmagani, hisobdorlik, ma`suliyat, javobgarlik vazifalari eslatilmaganini tanqid ostiga oldi. 

Senatorlar nafaqat Toshkent shahar hokimining istirohat bog` masalasida balki, jurnalistlar tomonidan ko`tirilgan turli ekologik muammolar Sangzor, Zarafshon daryolarining ekologik tang ahvoli yuzasidan berilgan savollariga ham umumiy javoblar berish bilan cheklanishdi. Senator Boriy Alixonov ekologik muammolarni juda yaxshi bilishini eslatar ekan, yana ushbu muammolar echimi kelgusi yil rejasiga kiritilganini ta`kidlab o`tdi. Oliy Majlis Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo`mitasi raisi Baxtiyor Sayfullaev senatorlar “o`rganib chiqamiz”, “ko`rib chiqamiz” qabilidagi gaplar bilan aravani quruq olib qochmasliklarini ta`kidlab o`tgan holda o`z so`zini yana “o`rganib chiqamiz”, deya yakunladi.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
19
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
18.12.2021 14:32
Ular olayotgan mln- mln oylikni shu so’zlari uchun olayaptimi ?