Qoraqalpog`istonda gazeta tahririyati hokimlikni sudga berdi

16.12.2021 20:18

Qoraqalpog`istonda chop qilinadigan «El xzmetinde» gazetasi tahririyati Qorao`zak tumani hokimligini sudga berdi. 

Tahririyat tomonidan kiritilgan da`vo bo`yicha 2021 yil 16 dekabr kuni Qorao`zak tumani jinoyat ishlari bo`yicha sudining ajrimiga binoan Sobir Kamalov OFY hududidagi 2016 yil may oyida uzilib qo`yilgan 875 ta xonadon tabiiy gaz tarmog`iga qayta ulanadigan bo`ldi.

Bu haqda «El xzmetinde» gazetasi telegram kanalida xabar berilmoqda.

Xabarda aytilishicha, sud chiqargan maxsus ajrimga ko`ra Qorao`zak tumani Sobir Kamalov OFY hududidagi 875 ta xonadonni gaz tarmog`iga qayta ulash choralari ko`rib chiqilishi belgilangan. 

Maxsus ajrim ijrosi yuzasidan Qorao`zak tumani hokimligi 1 oy muddat ichida Nukus tumanlararo ma`muriy sudiga xabar berilishi topshirilgan.

«El xzmetinde» gazetasining hokimliklarni sudga berishi ilk holat emas. Bundan oldin ham aynan tabiiy gaz tarmog`idan aholini asossiz uzib qo`yilganligi da`vosi bilan Chimboy tumani hokimligini ham sudga bergan va sudda g`olib bo`lib, minglab fuqarolarning qonuniy huquqlarini himoya qilgan. Ya`ni, xonadonlarni tabiiy gazga qayta ulashga erishgan. Taxiatosh, Qanliko`l tumanlari hokimliklari esa sudsiz tahririyat talabi bilan aholini tabiiy gazga ulash choralarini ko`rgan. 

Ushbu tahririyat hattoki taniqli estrada xonandasi Yulduz Usmonovani ham sudga bergan. Unda xonandaning qoraqalpoq millatiga qarata aytgan kamsituvchi so`zlari sabab bo`lgan edi.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
4
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
17.12.2021 07:25
Qoyilman halqqa hizmat qilayapti ekan Alloh rozi bòlsin sizlardan
17.12.2021 02:05
Отасига балли, тахририят ходимларини.