Toshkent shahar prokurori va IIBB boshlig`i jinoyatchilikning haqiqiy “o`chog`i”ga bordi?

06.12.2021 13:13

Poytaxtning ikki sektor rahbari haqiqiy muammolar makoniga borib o`rganishdi. 

4 dekabr kuni Toshkent shahar prokurori Ulug`bek Qosimov va IIBB boshlig`i Aziz Toshpo`latov Prezidentning “O`zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlar to`g`risida”gi farmoni ijrosini ta`minlash uchun jinoyatchilik o`chog`iga aylangan joylarga borishdi.

Poytaxtning ikki sektor rahbari “Qo`yliq dehqon bozori” AJ va “Kompass” savdo majmuasi va “Ippodrom” deb ataluvchi savdo majmualari atrofiga borib hududlarning jinoyatchilik o`chog`ini o`rganishgan.

Rost24.uz sayti ushbu bozorlar atrofidagi joylardan “dolya” undiruvchilar muammosini bir necha bor ko`tarib chiqqan edi.

Toshkent bozorlari atrofidagi tartibsizliklar”, “OGOHLIK QO`NG`IROG`I: Bozorlar boshqaruvi davlatdan "ko`cha" qo`liga o`tib ketmoqda sarlavhalari bilan tanqidiy maqolalar e`lon qilingan.

Unda “Prezident topshirig`i ham bajarilmaydigan davrlar boshlandimi?”, “Birgina bozor atrofidan har oy tushayotgan 90 ming AQSh dollari qayga ketmoqda?” kabi savollar ham o`rtaga tashlanib, asl jinoyat o`choqlari haqida ogohlantirish signallari berilgan edi.

Maqolalarda aholi gavjum bozorlar atrofidagi katta yo`l atroflari noqonuniy sotuvchilar egallab olingani aytilgan. Hattoki, qo`lbola chodirlar qurib olgani ham ko`rsatilgan edi. Sotuvchilar “bizga bu erni berishgan” degan iddoalarni ham qilishgan. Ushbu muammolarga mas`ul shaxslardan “yoymachi”lar tepasida turgan tashkilotchilarni bartaraf etishni bir necha bor saytimiz orqali so`ragan edik.

Guvohi bo`lganingizdek, Toshkent shahar prokurori va IIBB boshlig`i asl muammoning makonlarini ko`zdan kechirishgan. 

Umid qilamizki, Prezident topshiriqlari amalda ham bajarilib bozorlar atrofidagi "dolya"chilar bartaraf etiladi.

Bu bozorlar atrofidagi muammo haqiqatdan ham rahbarlarni cho`chitadigan darajada katta. Ammo buni hozirdanoq bartaraf etmasa, vaqt o`tgan sari yiriklashib boraverishi aniq.

Boltani muammoning shoxlariga emas, asl ildiziga urish lozim…

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
2
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар