Soliqchini o`ldirib qo`yganlarga o`qilgan sud hukmi ijtimoiy tarmoqlarda norozilikni keltirib chiqarmoqda

05.12.2021 10:19

AQShda mazkur turdagi jinoyat uchun 22,5 yillik qamoq jazosi, O`zbekistonda esa 2 yil 10 oylik manzil-koloniyasi...

Soliqchini bo`g`ib o`ldirgan IIB YHX bo`linmasining 4 nafar xodimi 2 yil 10 oy manzil-koloniyasida jazoni o`taydi.

Mazkur hodisada bir fuqaro shafqatsizlarcha o`ldirilganiga qaramay, bunday "engil" jazo berilganligiga sabab nima?

Joriy yil 10 iyun tunda Kattaqo`rg`on tumanida IIB YHXB xodimlari tuman soliq idorasi boshlig`i o`rinbosari Azizbek Ahmedovning o`limiga sabab bo`lgandi. Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidovning xabar berishicha aybdorlarga sud hukmi o`qilgan.

Ma`lum qilinishicha, 3 dekabr kuni, jinoyat ishlari bo`yicha Kattaqo`rg`on tuman sudida sudlanuvchilar M.Qo`chqorov (Kattaqo`rg`on tumani IIB YHXB boshlig`i lavozimida ishlagan) va Sh.Rahimberdiev (Samarqand viloyati IIB YHXB YPXB 4-otryad katta inspektori lavozimida ishlagan)ga nisbatan jinoyat ishini ko`rib chiqish bo`yicha ochiq sud jarayoni nihoyasiga etdi va aybdorlarga sud hukmi o`qilgan.

E`lon qilingan sud hukmiga ko`ra, M.Qo`chqorov va Sh.Rahimberdiev Jinoyat kodeksining 102-moddasi (ehtiyotsizlik orqasida odam o`ldirish) 1-qismi va 206-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish) 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilgan.

Sudlanuvchilar 2 yil ichki ishlar organlarida ishlash huquqidan mahrum qilinib, ularning har biriga 2 yil 10 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Tayinlangan jazoni manzil-koloniyada o`tash belgilangan.

Bir odam halok bo`ldi. Bu jazo esa jinoyatni sodir qilganlar uchun engil jazo bo`lib qolmadimi? Axir, soliqchi yo`l harakati xavfsizligi xodimlarining zo`ravonligi tufayli vafot etgan edi-ku?

Bu voqea joriy yil 10 iyun kuni Kattaqo`rg`on tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig`i o`rinbosari Aziz Ahmedov yo`l harakati xavfsizligi xodimlarining zo`ravonligi tufayli vafot etgan. Mazkur hodisa OAVda tarqalgach IIV matbuot kotibi munosabat bildirib, soliqchi boshqaruvidagi Kobalt svetoforning qizil chirog`ida to`xtamasdan, xodimlarning to`xtash ishorasiga bo`ysunmasdan, yuqori tezlikda harakatlanib yashirinmoqchi bo`lganini, so`ng haydovchi mashinani tashlab, piyoda qochishga uringanini ma`lum qilgandi.

Voqea aslida ham shunday bo`lgan edimi?

Kun.uz surishtiruvida voqealar tafsiloti boshqacharoq bo`lgani aniqlangandi.

Kattaqo`rg`onlik 41 yoshli soliq mulozimini ichki ishlar xodimlari majburan olib ketish jarayonida vafot etgandi. Bunda xodimlarning xatti-harakatlari va vazirlik bayonotida ikki xillik kuzatilgan. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan dastlabki xabarlarda tuman IIb YHX bo`linmasining 4 nafar xodimi Kattaqo`rg`on tuman davlat soliq inspeksiyasi boshlig`i o`rinbosari Azizbek Ahmedovga nisbatan haddan ziyod kuch ishlatilganligi sababli uning o`limiga sabab bo`lgani aytilgan. Marhumning yaqinlari ham yo`l patrul xizmati xodimlarini ayblashgan. Yo`l patrul xizmatchilarining ham bergan ma`lumotlari ikki xil talqinda aytilgan. Birida qochib ketganligi aytilgan, lekin bunday bo`lmagan. Bu voqeani Ekspertiza javoblaridan keyin, Prokuratura bu ishni sudga oshirdi.

6 oy vaqtdan keyin bu shaxslarni bor yo`g`i 2 yil 10 oyga jazoga tortishgani va bu jazo manzil-koloniyalarda o`tkazilishi qanchalik to`g`ri?

Inson huquqlari faoli Abdurahmon Tashanov bu holat bo`yicha quyidagicha fikrlarini aytib o`tdi:

"Soliqchini bo`g`ib o`ldirganlar, hatto, qamalmadi ham. Jinoyat ishlari bo`yicha Kattaqo`rg`on tumani sudi soliq rahbari Aziz Ahmedovni bo`g`ib o`ldirgan 4 nafar milisiya xodimining ikkitasiga nisbatan hukm o`qidi. Ikki nafar hodisa ishtirokchisi javobgarlikka tortilmadi. Jazolangan jinoiy guruhning ikki vakiliga 2 yil 10 oy manzil-koloniya berilgan, xolos.

O`tgan yili, xuddi, shunday hodisa AQShda sodir bo`lganida noroziliklar butun mamlakat bo`ylab yoyilgan, polisiya xodimlari 22,5 yillik qamoqqa hukm qilingandi. Adolat qani, qonun ishlayaptimi bizda?".

Bunday vaziyatlarda jinoyat qilgan shaxs kim bo`lishidan qat`i nazar, adolatli yo`l tutilishi zarur. Aks holda, aholida bunday ishlarga nisbatan zarracha ham ishonch qolmaydi...

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
10
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
06.12.2021 13:12
20 йилга камаш керак эди
06.12.2021 11:38
2020 yil onasini urib o'ldirgan "polvon"ga 4,5 yil berilgan edi. Qonunlarimiz bo'yicha mashina o'g'risiga 6 yildan 20 yilgacha qamoq. Yashavor, qadri "baland" o'zbegim.Serquyosh hur o'lkamizda o'qituvchi, doktor, soliqchi obro'si yo'qligini tushundingiz
06.12.2021 00:38
Шахсан мен ички ишлар одимларига нисбатан утказилган хизмат текшируви ва судлар ИИБ ходимлари фойдасига хал булади. Бизни Давлатда форма кийган Хамма вазирлик факат узларини химоя килади ва уз фойдасига ишлайди. Халк химояси учун хеч нимани хал килмайди. Агарда соликчилар ИИБ ходимларини шундай улдирганда бутун дунёга жар солиб иштонларини бошларига кийволар эди. Шахсан мен Бобожонов ва Йулдошевлар тизимига ишончим Сунди. Булар факат заказ бажарувчи ва узини узи химоя килувчи органлардир. Бу мени фикрим ошкор килиш шарт эмас.
06.12.2021 00:24
Bloggera 6 yil qamoq jazosi berilgandi, demak bloger jamiyar uchun kuproq xavfli
05.12.2021 23:50
Умуман натўгри қарор Бир умирга ички ишларда ишлашни тақиқлаш ва 20-25 йил қатиқ режимли қамоқ жазосини белгилаш керак
05.12.2021 19:33
Dolyani yaxshi bergan ekanda