Qo`shni davlatlarda nosvoy iste`moli taqiqlangan. O`zbekistonda esa bu holat ortga surilmoqda.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Maqsuda Vorisova nosvoy taqiqlash bo`yicha fikrlarini aytib o`tdi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasida "Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi hamda iste`mol qilinishini cheklash to`g`risida"gi qonun loyihasiga o`zgartirish kiritish bo`yicha hali-hamon qizg`in muhokamalar ketmoqda.
Qo`shni davlatlarda bu narsaga bir necha yillar oldin taqiqlar qo`yilgan. Lekin bizning deputatlarimiz hali-hanuz bu narsani butunlay cheklash bo`yicha qaror chiqarishmadi. Deputat Maqsuda Vorisova esa bu vaziyatga sekin-astalik bilan o`tish kerakligini, aks holda aholida norozilik kayfiyati bo`lishi mumkinligini aytib o`tdi.
"Nosvoyni taqiqlashimiz kerak, lekin nosvoyni taqiqlash jamiyatda juda katta norozilikni tug`diradi. Lekin biz nosvoy tayyorlash, uning realizasiyasini tartibga solmasak, bu narsa to`xtab qolmaydi. Real hayotda qarashimiz kerak-ku. Nosvoy hozir katta miqdorda iste`molda turibdi, bu fakt. Lekin biz shuni asta-sekinlik bilan tartibga solishga harakat qilyapmiz. Nosvoy borligidan, xalqimiz uni iste`mol qilyoatganidan ko`z yumsak, hayot o`zgarib qolmaydi. Fakt o`zgarib qolmaydi-ku. Biz buni tartibga solmoqchimiz. Biz mana bu qonunda yozib qo`yibmiz, ushbu moddaning 2-qismida belgilangan tartib O`zbekiston Respublikasi hududida nosvoyni ishlab chiqarish va realizasiya qilishga nisbatan tatbiq etilmaydi. Agar biz buni ham taqiq qilganimizda yoki cheklov qo`yganimizda, biz juda katta bir norozilik effektini olgan bo`lar edik. Shuning uchun biz asta-sekin bu narsani tartibga solish maqsadida bu modda kiritildi", – dedi Maqsuda Vorisova.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari aholi salomatligi bo`yicha ko`proq qayg`uradimi yoki tamaki mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarining qonun loyihasiga ta`siri bo`ladimi?
Ko`ramiz, kuzatamiz...
Mavzuga oid maqolalar:
O`zbekiston jurnalistlari 30 yilda ilk bor tamakini cheklash masalasida birlashdi
Alkogol va tamaki nazoratini qayta ko`rib chiqish bo`yicha asosiy vazifalar belgilandi
Sog`liqni saqlash vazirligi nosvoy tayyorlash va sotishni taqiqlashni taklif etmoqda
Yangi vazir Behzod Musaev binolar ichida chekishni taqiqlay oladimi?