O`zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashuvchi 10 ga yaqin tashkilot bor, ammo korrupsiya ortib bormoqda

01.12.2021 12:20

O`zbekistonda bugun korrupsiyaga qarshi kurashuvchi 7 tadan ortiq tashkilot va davlat organlari mavjud, ammo xalqaro reytinglardagi vaziyat bizni xursand qiladigan darajada emas.

O`zbekiston Korrupsiyani qabul qilish indeksi reytingida dunyoning 180 davlat orasida 146-o`rinni egallab turibdi.

Salkam ikki yil avval tashkil topgan korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi "6+1" bo`lib ham o`z vazifasini eplay olmayaptimi?

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo`yicha faoliyatni bevosita amalga oshiruvchi bo`limlar davlatning bir qancha organlari tarkibida ham bor.

1. O`zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi;

2. O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi;

3. O`zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati;

4. O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi;

5. O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi;

6. O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.

7. Korrupsiyaga qarshi kurashish bo`yicha faoliyatni qonun hujjatlariga muvofiq boshqa davlat organlari ham amalga oshiradi.

Bu haqida "Korrupsiyaga qarshi kurashish to`g`risida"gi qonunning 7-moddasida aytib o`tilgan.

Bu davlat organlarida faoliyat yuritayotgan korrupsiyaga qarshi kurashish tashkilotlari agentlikka qo`shimcha yordam berishi kerak, aslida. Chunki har bir tashkilotning korrupsiya bo`yicha qilinayotgan ishlari, o`z organi tomonidan tartibga solinsa, agentlikka bu faqat va faqat yordam bo`ladi. Lekin bu amalda sezilyaptimi? Bitta "Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi" butun jamiyatdagi muammolarga ulgurmasligi mumkindir, ammo katta-katta davlat organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyati yo`lga qo`yilgani O`zbekistonda korrupsiya ko`lamini kamaytirishga kerak emasmidi?

O`zbekiston Respublikasining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo`yicha Milliy kengashi bu tashkilotlarning barchasini qilayotgan ishini muvofiqlashtiradi. O`zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Milliy kengashning ishchi organidir. Shunday ekan bu tashkilotlarning barchasi birlashsa, vaziyat boshqacha bo`lishi kerak emasmidi, aslida..?

Davlat byudjetidan mablag` olib 10 yaqin davlat tashkilotlari korrupsiyaga qarshi kurashsa-da, OAV orqali tenderlarda, davlat xaridlarini amalga oshirishda birin-ketin korrupsion holatlar ro`y berayotganining guvohi bo`lmoqdamiz.

*****

Saytimizda bundan oldin e`lon qilingan korrupsiyaga oid materiallar:

Bugun Toshkentda yana 12 ming aholi adolatsizlikning, korrupsiyaning, nepotizmning qurboni bo`ldi

O`zbekneftgaz»da to`xtamayotgan korrupsiya benzin narxining keskin o`sishiga sabab bo`lmoqda...(mi?)

Ochig`ini aytish kerak, hali ham bizda o`g`rilik ko`p. Korrupsiya ko`p» – Shavkat Mirziyoev

9 ta vazirlik va 9 nafar vazir o`rinbosari adolat uchun kurashda engildimi? Yana korrupsiya g`olib chiqmoqda

YaNA BIR YIRIK KORRUPSIYa: Arnasoy tumani hokimligi mansabdorlari 7 mlrd. so`mni o`zlashtirganlikda gumon qilinmoqda

Ikki oy ichida eng ko`p korrupsiya holati aniqlangan hududlar reytingi e`lon qilindi

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
5
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
08.04.2022 05:10
Изох ёздим, лекин сизларга етиб бордими билолмадим. Агар бормаган булса хабар берилар, такроран юбораман.
07.04.2022 14:04
Bu tashkilotlar korrupsiyani himoya qilish uchun tuzilgan