“O`zbekiston Milliy Elektr Tarmoqlari” AJ tomonidan boshlang`ich narxi 7,3 mlrd so`mlik tanlov savdosi “Raqobat to`g`risida”gi qonunning 29-moddasi talablariga zid ravishda o`tkazilgan. Shuningdek, bir qator viloyat hududiy boshqarmalari tomonidan hududlarda qonunbuzilishi holatlari aniqlangan.
Jumladan, Qarshi davlat universiteti buyurtmachiligida 250 mln so`mga yaqin tanlov savdosida olib borilgan o`rganishlarda baholash jarayonida noxolislikka yo`l qo`yilgan. Xususan, xarid komissiyasi ishtirokchilar taqdim etgan hujjatlarni noto`g`ri baholab, mavjud qonun talablarini buzgan.
Navoiy viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan olib borilgan o`rganishlarda O`zbekiston Respublikasi Mahallalar uyushmasining Navbahor tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan 90 mln so`mga yaqin bo`lgan 7 ta tanlov (tender) savdolarining barchasida qonunbuzilish holatlari mavjudligi ma`lum bo`lgan.
Pop erkaklar muruvvat internat uyi buyurtmachiligida 2024 yilda amalga oshirilgan davlat xaridlarida, internat uyi 2 ta lot bo`yicha boshlang`ich narxi 3.5 mln so`mlik tovar, ish va xizmatlar sotib olish bo`yicha amalga oshirilgan davlat xaridlarida qonunchilikda belgilangan tartibini buzgan.
Jizzaxda Forish tumani hokimligi tomonidan “Maishiy texnika xarid qilish” bo`yicha o`tkazilgan boshlang`ich narxi 72 mln so`mga yaqin tanlov savdoci yuzasidan o`rganishlar o`tkazilganda, qonun talablari buzilganligi aniqlangan.
Farg`onada esa, “Qamchiqavtoyo`l” ixtisoslashtirilgan yo`llardan foydalanish korxonasi tomonidan boshlang`ich narxi 900 mln so`m bo`lgan “Avtomobil yo`llarida qishda sirpanishga qarshi qum mahsulotlari sotib olish” uchun o`tkazilgan eng yaxshi takliflarni tanlash savdosida o`zaro affillangan “Sand and Gravel Wholesale” MChJ va “Bus Park and Trading” MChJ talabgor sifatida tijorat takliflarini topshirgan.
“Buxoro neftni qayta ishlash zavodi” MChJ tomonidan boshlang`ich narxi 500 mln so`mlik o`tkazilgan tanlov (tender) savdosining qonun talablariga mosligi yuzasidan o`rganish ishlarini olib borilganda, ushbu davlat xaridida “Etender. uzex. uz axborot portalida tanlash hujjatlarida takliflarni baholash mezonlari joylashtirilmagani hamda xarid komissiyasi tomonidan ishtirokchilarning takliflarini texnik qismi baholash mezonlarisiz baholanganligi ma`lum bo`ldi.
Aniqlangan qonunbuzilish holatlari bo`yicha aybdorlarga nisbatan belgilangan tartibda ish qo`zg`atilgan.