Pulli yo`llar qachon ishga tushiriladi?

14.10.2025 11:15

O`zbekistonda pulli yo`llar 2030 yildan keyin ishga tushiriladi. Bu haqda Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo`llari qo`mitasining bosh huquqiy maslahatchisi Hasan Umarov Qonunchilik palatasining You Tube kanaliga bergan intervyusida ma`lum qildi. (https://youtu.be/j2dF-3ihUUM?si=P55vO_yt2tH_tbD5)

Hasan Umarov O`zbekistonda pulli yo`llar qachon paydo bo`lishi haqidagi savolga javob berar ekan, Toshkent — Samarqand va Toshkent — Andijon yo`llari loyihalarini amalga oshirish 5−6 yilga mo`ljallanganini ta`kidladi. Shunday qilib, ularni faqat 2030 yildan keyin ishga tushirish mumkin bo`ladi.

“Bugungi kunda ushbu ikki loyihani ishga tushirishga xorijiy investorlar so`ragan, mazkur sohani tartibga soluvchi hujjatning yo`qligi to`sqinlik qilmoqda. Qonun mavjud bo`lmagani sababli loyihalarni boshlash imkoni bo`lmadi”, deya xulosa qildi u.

Qonunchilik palatasining Tadbirkorlik, raqobatni rivojlantirish va sanoat masalalari qo`mitasi raisi o`rinbosari Farhod Zayniev o`z hisob-kitoblarini taqdim etdi. Unga ko`ra, pulli yo`llarni joriy etish O`zbekiston yalpi ichki mahsulotini 2−3% ga oshirish imkonini beradi.

Uning so`zlariga ko`ra, mahallalar ichidagi yo`l infratuzilmasining sifati aholini eng ko`p tashvishga solayotgan masalalardan biri. Masalan, “Tashabbusli budjet” mablag`larining yarmidan ko`pi yo`llarni ta`mirlashga yo`naltirilgan.

“Maqsadimiz — ichki yo`llar va umumiy foydalanishdagi yo`llarni byudjet mablag`lari bilan qamrab olishdir. Pulli yo`llarning joriy etilishi, birinchidan, tirbandlik muammosini hal qilishga yordam beradi, ikkinchidan esa, yangi yo`llar qurilishi uchun qo`shimcha xarajatlardan qochish imkonini beradi”, dedi Oliy Majlis deputati.

Avtomobil yo`llari qo`mitasi vakilining tushuntirishicha, pulli yo`llar hisobiga davlat mavjud mablag`larni amaldagi yo`llarga xizmat ko`rsatish uchun sarflash imkoniyatiga ega bo`ladi.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар