Rost24.uz ko`tarib chiqqan mavzuni Prezident ham keskin tanqid qildi

24.11.2021 15:34

Prezident Shavkat Mirziyoev Shayxontohur tumaniga tashrifi davomida shahar IIBB boshlig`i hamda shahar prokurori faoliyatini keskin tanqid ostiga oldi.

«Toshkentdagi jinoyatchilik bo`yicha vaziyatni men aytmay, sizlar eshitmang. Jinoyatchilar orasida «soliqchilar» paydo bo`ldi hozir. Ular bozorlardan soliq undirishyapti, davlatdan alohida soliq oladigan guruhlar paydo bo`lgan. Men er tagida ilon qimirlasa bilaman. Biz bundaylarni darhol jilovlashimiz kerak, jilovlaymiz ham», dedi Prezident.

Rost24.uz sayti ham 10 kun oldin aynan shu mavzuda tanqidiy mavzu tayyorlagan edi

Unda poytaxtdagi zamonaviy bozorlarimiz atrofi yoyma bozorlarga to`lib borayotgani, valyuta ayriboshlashdagi qora bozor yo`qolgandan so`ng valyuta bozoridagi katta daromad qilib o`rgangan xotinlar endi eng gavjum bozorlarning atrofiga egalik qilishga o`tishgani, hattoki, yo`l atroflarini egallab ijaraga berishni ham boshlab yuborayotgani tilga olingan. Bularning ortida turganlarga chora ko`rilishi lozimligi ham aytib o`tilgan edi.

Shavkat Mirziyoev tanqididan so`ng Rost24.uz axborot sayti "Toshkent savdo markazi" ma`muriyatidan munosabat so`radi.  

"Toshkent savdo markazi" ma`muriyatining bildirishicha, bozorlar atrofidagi yoymachilarni tartibga solish bo`yicha o`tkazilayotgan chora-tadbirlarga tomoshabin bo`lmasdan o`z hissasini qo`shayotgan ekan. Jumladan,  yangi qurilgan "Toshkent savdo markazi"ning pastki qavatidan 6 oyga tekin turish imtiyozi bilan 600 ga yaqin joy ajratishgan ekan.

Shavkat Mirziyoev Toshkent shahar IIBBning faoliyatini bejizga tanqid ostiga olmadi. Bu tizim bugungi kunda jinoyatchilikka qarshi kurashishni biroz susaytirgan desak ham xato qilmagan bo`lamiz. Chunki Ichki ishlar xodimlari jinoyatchilik bir chetda qolib muammoni ko`tarib chiqqan jurnalist va blogerlarning ovozini o`chirish bilan ovora bo`lib qolmoqda. Bu borada ayniqsa, hokim va prokurorlarning topshirig`ini sidqidildan bajarib kelmoqda desak ham mubolag`a bo`lmasov...

 

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
5
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
26.11.2021 02:40
Yana osha abu saxiydagi yoyma mavzusimi. Rost 24jurnalistlari agar rostanam adolatli bosela zakazga ishlamasela ertaga kelib osha yoymadegilaniyam fikrini eshitib korila. Abu saxiy mamuriyati joy bermoqciligi rost lekin oyiga 2000000dan tolov sharti bor. Yoymachila tolovga rozi lekin ula bermoxchi bogan joydan umuman odam yurmidi. Odam yurmidigan joyda qanaqb sovda qilish mumkin? Yoyma xaqidagi 1maqolelanchiqqanida silani zakazga ishlisila degandim noxolisliyda ayblagandim. Agar rostanam xolis boganilada aloqa chiqardila vaziyatti oxirigacha organardila. Xic qachon 1taraflama fikr bildirmela osha yoymada kamida 300ta oyla rozgorini tebratvoti oylasini boqvoti. Davlatga osilvovotgani yo ozini aravasini ozi tortvoti. Yoymani mashaqqatini bilmoqchi bosela 1kun ertalabdan kechgacha sovdaga chiqib korila keyin material tayyorlela. Xalqqi qargishidann qorqila xurmatli jurnalistla
24.11.2021 22:00
Yegan og'iz uyaladi
24.11.2021 21:52
Nahotki, "xotinlar" orqasida "erkaklar" turganini oddiy xalq biladi-yu, melisaning kattalari bilan prokuror bilmasa? Xalq endi bunaqa cho'pchaklarga ishonmaydi