“Davlat tili to`g`risida”gi qonun qaerda?
Yangi tahrirdagi “Davlat tili to`g`risida”gi Qonun 2021 yil 26 iyun kuni Senat yalpi majlisida ma`qullangan edi. 19 noyabrdagi matbuot anjumanida bu Qonunning keyingi taqdiri nima bo`lgani haqida berilgan savolga javoban, senatorlar qonun hali Senatga kelib tushmaganini aytdi. Senatorlar o`zlari 5 oy oldin ma`qullagan qonunni eslolmayaptimi?
5 oy oldin ma`qullangan Qonunning joriy yil 14 noyabrda yakuniy yig`ilishi bo`lib o`tgan edi. Yig`ilishda ayrim harflarni (sh, ch, g‘, o‘, ng) o`zgartirish masalasi ko`rib chiqilgan. Yig`ilish Davlat tilini rivojlantirish departamenti tashkilotchiligida o`tkazilgan. Uchrashuv alifbo islohoti bo`yicha olimlarning yakuniy hal qiluvchi yig`ilishi maqomida o`tgan. Yig`ilishdagi umumiy fikrlar ko`rib chiqish va ma`qullash uchun Qonunchilik palatasiga jo`natilgan edi.
Lekin, 19 noyabrda AOKAda bo`lib o`tgan matbuot anjumanida Senator Narimon Umarov umuman boshqa javob bilan hammani hayron qoldirdi. Senatorning aytishiga qaraganda, bu loyiha hali Senatga etib ham kelmagan.
"Bu loyihani kimlardir ishlayotganidan xabarimiz bor, lekin bu hali loyiha sifatida ham ko`rilmagan. Qonunchilik palatasidan bizga kirib kelmagan", — deya javob bergan senator.
5 oy oldin ma`qullangan bu loyiha qanday qilib hali "loyiha" sifatida ham ko`rilmasligi mumkin. Bu bo`yicha mutassaddilar javobini kutib qolamiz...
Eslatib o`tamiz, bundan oldin saytimizda
"Millat va davlat taqdiriga daxldor yig`ilishga OAV kiritilmadi",
"Yangi alifbo loyihasi e`lon qilindi",
“TIL UChUN KURASh: Tanzila Narbaeva ruscha yozishga majburmi?”
maqolalari e`lon qilingan edi.