Xorazm viloyati hokimi Farhod Ermanov qo`l ostidagi 13 nafar mansabdorga jazo qo`llagan.
Tabiiyki savol tug`iladi. 13 nafar shahar, tuman hokimlari talab darajasida ishlamagan viloyat ahvoli qanday bo`lishi mumkin?
Yangi O`zbekiston nashrining yozishicha, Xorazm viloyati hokimi Farhod Ermanovning tegishli farmoyishi bilan ish faoliyati davomida o`ziga yuklatilgan vazifalarni bajarishda sustkashlikka yo`l qo`ygani hamda o`z vazifasiga mas`uliyatsizlik bilan yondashib, jiddiy kamchiliklarga yo`l qo`ygani uchun barcha shahar va tuman hokimlari hamda viloyat hokimi o`rinbosariga hayfsan e`lon qilingan.
Quyidagi mansabdorlarga nisbatan jarima qo`llanilgan:
viloyat hokimining kapital qurilish, kommunikasiyalar va kommunal xo`jalik masalalari bo`yicha o`rinbosari Qurbanov Bahrom Sharipovich;
Urganch shahar hokimi Xolboev Oybek Madaminovich;
Shovot tumani hokimi Otaxanov Hakimjon Ahmadjonovich;
Yangiariq tumani hokimi vazifasini bajaruvchi Davletov Anvar Kenjaevich;
Tuproqqal`a tumani hokimi Salaev Alisher Ro`zmetovichga nisbatan o`rtacha oylik ish haqining 20 foizi miqdorida jarima;
Shuningdek,
Bog`ot tumani hokimi Yaxshibaev Shavkat Qurambaevich;
Gurlan tumani hokimi Achilov Murod Azamatovich;
Qo`shko`pir tumani hokimi Rahimov Jo`rabek Rahimovich;
Urganch tumani hokimi Sharipov Frunze Ilhomovich;
Hazorasp tumani hokimi Masharipov O`ktam Rustamovich;
Xonqa tumani hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi Davlatov Murod Saparboevich;
Xiva tumani hokimi vazifasini bajaruvchi Matrasulov Hurmat Rahimberganovich;
Yangibozor tumani hokimi Kurbanov O`ktamboy Qo`chqorovichga nisbatan hayfsan intizomiy jazo chorasi qo`llanilgan.
*****
Eslatib o`tamiz, saytimizda Xorazm viloyatiga oid quyidagi maqolalar e`lon qilingan:
«Xorazmda barcha bank boshqaruvchilari ishdan olindi»
«KO`ZBO`YaMAChILIK: Prezidentni va aholini aldaganlar»
«Xorazmdagi ko`zbo`yamachilik holatini deputatlar ham tasdiqladi»
«O`ZGARIShLAR KATTA: Rost24 tanqididan so`ng Urganchda muammolar butunlay bartaraf etildi»