Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining Moskva shahridagi vakolatxonasi O`zAga hodisa haqida ma`lumot berdi.
Unga ko`ra, yong`in oqibatida o`sha erda yashab kelgan migrantlardan 4 nafari halok bo`lgan, 2 nafari esa jarohat olgan. Ularning barchasi O`zbekiston fuqarolaridir.
Vafot etganlar shaxsiga aniqlik kiritilgan. Ular - Otaqulov Shokir O`roqboevich (1969 y.t), uning o`g`li O`roqboev Eldor (1998 y.t), Kubaev Sherali (1987 y.t) va Rahmatov Alisher (1998 y.t) ekani aniqlangan.
Hozirda vafot etgan yurtdoshlarimiz jasadlarini O`zbekistonga qaytarish choralari ko`rilmoqda.
Yong`indan jabrlangan ikki nafar yurtdoshimiz Solnechnogorsk markaziy kasalxonasiga yotqizilgan.
Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining Moskva shahridagi vakolatxonasi hodisa yuzasidan Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan aloqa o`rnatgan. Yong`in sabablari o`rganilmoqda. Hodisa yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Rossiya Federasiyasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining Moskva yaqinidagi bosh boshqarmasi matbuot xizmati xabariga ko`ra, yong`in Moskva vaqti bilan 10:27 da boshlangan, 15:40 da to`liq o`chirilgan.