Binolar ichida chekish taqiqlanishi kerakmi?

12.11.2021 13:03

Kuni kecha ko`tarilgan changli bo`ron barchani birdek vahimaga solib qo`ydi. Sog`liqni saqlash vazirligi shu kuni tez tibbiy yordamga murojaat qiluvchilar keskin ortganini qayd etdi. 

Bir kunlik chang to`zonga qattiq xavotir oldik, ammo doim biz to`qnash keladigan tamaki tutuni haqida o`ylab ko`rganmisiz? 

O`zbekistonda jamoat joylarda tamaki chekishni cheklovchi qonun bo`lishiga qaramay odamlar bunga rioya qiladimi?

Ayni damda Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga tamaki mahsulotlari iste`molini cheklash bo`yicha qonun loyihasi kiritilgan. Unda yopiq joy va binolarda tamaki chekishni taqiqlash ko`zda tutilgan. Ammo, mazkur qonun loyihasi muhokamasida bizda keng jamoatchilikning faolligi sezilayotgani yo`q. Aslida, tamaki mahsulotlarini yopiq joy va binolarda chekishni taqiqlash borasida fuqarolar pozisiyasini o`rganish o`ta muhim.

Bu borada jahon tajribasi qanday?

Jahon sog`liqni saqlash tashkilotining Tamakiga qarshi kurashish bo`yicha Hadli konvensiyasi 8-moddasining talablariga muvofiq har bir davlat tamaki tutunidan 100 foiz holi bo`lgan muhitni ta`minlashi lozim.

O`zbekiston Jahon sog`liqni saqlash tashkilotining Tamakiga qarshi kurashish bo`yicha Hadli konvensiyasiga 2012 yil 24 aprelda qo`shilgan. Jahon sog`liqni saqlash tashkilotining tavsiyalariga ko`ra, yopiq joy va binolarda chekuvchilar uchun maxsus joylarni ajratish sog`liq uchun xavf-xatarni bartaraf etmaydi. Har qanday zamonaviy ventilyasiya tizimlari va havoni tozalash texnologiyalari tamaki tutunini yo`qotmaydi va uning ta`siridan to`liq himoya qilmaydi.

Xalqaro tajriba shuni ko`rsatmoqdaki, chekishni cheklashga qaratilgan kompleks qonunlar kamida 60ta mamlakatda, shu jumladan, daromad darajasi o`rta  va past mamlakatlarda qabul qilindi. 

Armaniston, Gruziya, Moldova, Tojikiston, Ukraina, Qirg`izistonda aksariyat yopiq jamoat joylarida chekish mumkin emas. Rossiyada jamoat joylarida chekish to`liq taqiqlangan, chekish uchun maxsus joylar faqat olis safarda bo`lgan dengiz kemalarida, ko`p kvartirali uylarda va aeroportlarning tranzit hududlarida ajratilishi mumkin. AQSh, Argentina, Avstraliya, Braziliya, Buyuk Britaniya, Xitoy, Kanada, Turkiya va ko`plab boshqa mamlakatlarda umumiy ovqatlanish korxonalari (qahvaxonalar, restoranlar, barlar va h.k.)ning yopiq xonalarida chekish taqiqlangan.

Cheklash natija beradimi?

AQShda 2012 yilda o`tkazilgan tahlil shuni ko`rsatdiki, chekishni cheklash to`g`risidagi kompleks qonunlar nafas olish a`zolari kasalliklari tufayli kasalxonalarga yotqizishlar xavfini, ayniqsa, astma va o`pka infeksiyalarini 24 foizga, bolalardagi astmani esa 12,5 foizga pasaytirgan.

Siz qanday fikrdasiz?

Mazkur mavzuda ijtimoiy so`rovnoma ham o`tkazilmoqda.

Mavzuga oida maqolalar:

10 YILDAN BUYoN IShLAMAYDIGAN QONUN: O`zbekistonda jamoat joylarida chekish mumkinmi?

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
5
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
12.11.2021 22:12
Qaniydi taqiqlansa, yaxshi bo'lardi, ayniqsa maktablarda. Qishloq maktablari hammasining hovlisiga kirsangiz, xuddi tovuq boqilganga o'xshaydi: hamma yoq yam~yashi. Bu o'qituvchilarning ishi, yana o'quvchilarni nos chekmaslikka targ'ib qilishadi