Ekopartiya bilan keyingi saylovlarda ko`rishguncha.
Yurtimizning ayrim shaharlarida, xususan, Toshkentda kuzatilgan noqulay ob-havo, qum bo`ronlarining ko`tarilishi yuzasidan Ekologik partiya hech qanday munosabat bildirmadi.
Aslida shunday vaziyatda o`zini ko`rsatishi, xalqimizga tabiatni asrash kechiktirib bo`lmaydigan islohot ekanligini isbotlashi kerak emasmidi?
Rost24.uz sayti ushbu savolga javob olish maqsadida partiya bilan bog`lanishga urinib ko`rdi. Biroq saylov arafasida haftaning har qanday kunida ishlagan ishonch telefon raqamlari, saylovdan so`ng ko`tarilmadi.
Shuningdek, partiyaning rasmiy saytiga, ijtimoiy tarmoqlariga qum bo`roni haqida bironta ham axborot joylanmagan. Bu borada bildirilgan turli xildagi xabarlarga rasmiy munosabat berilmagan.
Eslatib o`tamiz, 2019 yil 22 yanvarda O`zbekiston Ekologik partiyasi O`zbekiston Adliya vazirligida ro`yxatga olingan bo`lib, 14 ta hududiy va 206 ga yaqin tuman va shahar partiya tashkilotlaridan iborat. 2021 yilgi prezidentlik saylovida Ekopartiya nomzodi Narzullo Oblomurodov 670 ming 641 nafar (4,1%) kishining ishonchini qozonib, 4-o`rinni olgan edi.
*****
Mavzuga oid maqolalar:
O`zbekistonda atmosferaga chiqarilayotgan zararli moddalarning 50 foizi Toshkent viloyatiga tegishli
Ekologiya muammolari bo`yicha "Adolat" SDP bosh qotirmoqda