47 kunga ishni kechiktirgan sud`ya "qisman" jazolanadi

09.11.2021 11:35

"Qisman jazolanadi" degani, demak sud`ya 45 kunga ishni kechiktirgan bo`ladimi?

Rost24.uz saytida e`lon qilingan "Sudyalar Kodeks muddatini 47 kunga buzdi" nomli materil yuzasidan xizmat tekshiruvi olib borilayotgan edi. Ushbu ish bo`yicha Toshkent shahar sudi sudyalari malaka hay`ati tomonidan o`tkazilgan xizmat tekshiruvi yakunlanibdi. Yakunga ko`ra, tanqidda bayon etilgan holatlar qisman tasdig`ini topdi. 

Bu haqda Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmati rost24.uz ga ma`lum qildi.  

Shundan kelib chiqib,  fuqarolik ishlari bo`yicha Shayxontohur tumanlararo sudining sudyasi I.Kurbanbaevga nisbatan intizomiy jazo chorasi qo`llash masalasi Toshkent shahar sudi sudyalari malaka hay`ati tomonidan  tegishli tartibda ko`rib chiqiladi.

Bu erda tilga olingan "qisman" so`zi nimani anglatadi? Bunisini esa tushunmadik. ..

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
2
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
10.11.2021 20:29
"Qisman jazolanadi" deb yo qorni qitiqlansa kerak, yo orqasiga shapaloq urilsa kerak. Menimcha, sochi qirib tashlanadi-yov