«O`zbekneftgaz»da to`xtamayotgan korrupsiya benzin narxining keskin o`sishiga sabab bo`lmoqda...(mi?)

26.10.2021 12:20

O`zbekistondagi benzin narxi Markaziy Osiyoda eng yuqori nuqtada.

O`zbekistonda 23 oktyabrdan benzin uchun yangi narxlar belgilandi. Yurtimizda yildan-yilga benzin narxlari oshib bormoqda. Aholi orasida benzin narxning o`rtacha ish haqqiga nisbatan balandligi ortidan doim noroziliklar kuzatiladi.

Narx ko`tarilishining sabablarini iqtisodchilar turli sabablar bilan izohlashi mumkin. Benzin narxining ko`tarilishiga yana bir yaqqol ko`rinib turgan omil borki, buni tan olmaslikning iloji yo`q. Ya`ni “O`zbekneftgaz” tizimidagi talon-tarojliklar.

«O`zbekneftgaz» tizimida talon-tarojliklar avj olmoqda, debitorlik qarzdorlik keskin oshib bormoqda, minglab tonna benzin va dizel yoqilg`ilari noqonuniy sotilmoqda, benzin narxi esa ana shu korrupsion sxema tufayli kun sayin ko`tarilmoqda.

Bu haqda aynan «O`zbekneftgaz» AJda o`tkazilgan yig`ilishda ta`kidlab o`tilgan edi.

Xususan, O`zbekistondagi benzin narxlari Markaziy Osiyoda eng yuqori bo`lib kelmoqda.

GlobalPetrolPrices.com ma`lumotlariga qaraganda, O`zbekiston benzin narxi qimmatligi bo`yicha Markaziy Osiyoda 1 o`rinda turadi.

Shuningdek, Rossiya, Ozarbayjon va Pokistonda ham benzin narxlari O`zbekistonga qaraganda ancha arzon. Tojikiston esa bu reytingga kiritilmagan.

O`zbek so`mi bilan hisoblanganda

Turkmanistonda benzin narxi 4 ming 681 so`m;

Qozog`istonda 4 ming 951 so`m;

Afg`onistonda 7 ming 757 so`m;

Qirg`izistonda 7 ming 814 so`m;

O`zbekistonda esa 8 ming 855 so`m va Markaziy Osiyo davlatlari orasida aynan O`zbekistondagi benzin narxi rasmiy ma`lumotlarga asoslanmagan.

2021 yil 23-oktyabr holatiga ko`ra Toshkentda AI-80 narxi o`rtacha 6000, AI-92 narxi o`rtacha 8800, AI-95 narxi esa o`rtacha 9100 so`mni tashkil qiladi.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
6
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
26.10.2021 22:11
Baraka topgurlar, iltimos, shu bechora "sag'irlar"ga teginmanglar
26.10.2021 20:18
Давлат Энг емон тадбиркор. Давлат бизнесга аралашса коррупция ривожланади.