Rost24.uz axborot saytida "Poytaxtdagi elektr muammosini bartaraf eta oladigan mutasaddi qidirilmoqda" sarlavhali tanqidiy maqola e`lon qilingan edi.
Unda Toshkent shahar, Yangi hayot tumani, "Xo`ja uchqun" mahallasida yashovchi aholi elektr-energiyasidan aziyat chekayotgani hamda iste`molchilar xonadonida elektr energiyasi kuchi me`yoridan pastligi ma`lum qilingan.
Shuningdek, maqolada elektr energiyasining me`yoridan pastligi natijasida odamlarning maishiy-texnika jihozlari va suv chiqaruvchi motorlari kuyib qolayotgani aytilgandi.
Maqola "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ tomonidan o`rganildi va mahalla ahlini bir necha yillardan beri qiynab kelgan masala hal etildi. Xususan, 50 kVA transformator 250 kVA almashtirib berildi.