Sudyalar oliy kengashi: «Murdani so`roq qilgan sudyaga chora ko`rishning iloji yo`q»

08.10.2021 08:29

Yana har doimgiday "dejurniy" javob – "Sudyani intizomiy javobgarlikka tortish muddati o`tib ketgan".

Rost24.uz axborot-tahliliy sayti "Sudyalar oliy kengashi Prezidentni aldab kelmoqdami?" nomli maqola e`lon qilgan edi.

Unda murdadan «ko`rsatma olib», qalbaki sud jarayonlarini olib borgan sudya J.Sultonova nomzodi Xorazm viloyati ma`muriy sudi raisligiga tasdiqlangani aytilgan edi.

Ushbu maqolaga Sudyalar oliy kengashi quyidagi mazmunda munosabat bildirgan: 

Ma`lum bo`lishicha, haqiqatan ham, fuqaro M.Q. sudga nikohdan ajratish haqida da`vo ariza bilan 2016 yil 15 aprelda murojaat qilgan. Sud taraflarning 2 nafar voyaga etmagan farzandlari borligi, da`vogar M.Q.ning turmush o`rtog`i (eri) oilani saqlab qolish niyatida ekanligidan kelib chiqib, ularga yarashish uchun olti oy muhlat bergan.

2016 yil 25 oktyabrida belgilangan olti oylik muddat tugaydi.

Muddat tugagach, da`vogar M.Q. bir necha marotaba sudga chaqirilganida kelmagan, javobgar (er) esa sudga xotini bilan yarashib yashayotganliklarini bildiradi.

2016 yilning 3 noyabr kuni fuqarolik ishlari bo`yicha Shovot tumanlararo sudining (o`sha paytdagi) raisi tomonidan mazkur fuqarolik ishi yuzasidan ish yuritishni tugatish to`g`risida ajrim chiqariladi. Ajrimda da`vogarning da`vodan voz kechganligi asos sifatida ko`rsatiladi.

Oradan vaqt o`tib, M.Q. sud ajrimi qabul qilinishidan sanoqli kunlar avval avtohalokat oqibatida vafot etgani ma`lum bo`lishi ortidan 2018 yil 9 oktyabrda fuqarolik ishlari bo`yicha Xorazm viloyat sudi kassasiya instansiyasining ajrimi bilan nikohdan ajratish haqidagi ish da`vogar vafot etganligi munosabati bilan tugatilgan.

Ya`ni, sudya tomonidan ajrim qabul qilish paytida yo`l qo`yilgan xato yuqori sud instansiyasida bartaraf etilgan.

Voqelik 2016 yilda yuz bergan, sudya yo`l qo`ygan xatolik jiddiy oqibat keltirib chiqarmagan, shuningdek sud ajrimiga nisbatan ikkinchi taraf tomonidan shikoyat, ariza berilmagan.

Bugunga kelib, sudyani intizomiy javobgarlikka tortish muddati o`tib ketgani sabab sudyaga nisbatan chora ko`rish uchun huquqiy asos mavjud emas.

*******

Eslatib o`tamiz saytimizda mazkur mavzu yuzasidan yana bir qator materiallar e`lon qilingan:

O`zbekiston sud tizimida “murdani so`roq qilgan” sudyalar ham ishlab kelmoqda

Sud tizimidagi ahvol: Murdalarni so`roq qilgan sudyalar jazolanmasligi ma`lum bo`ldi

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
2
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар