O`XShAMAGAN MAQOLA: Sirojiddin Sayyid maddohona she`r yozgan emas

07.10.2021 15:36

Bugun qanday kun — Sirojiddin Sayyid she`ri chop etilgan va Xalqaro paxta kuni!

Bugun "7 oktyabr — Xalqaro paxta kuni". Butun dunyoda paxtakorlar shu sana munosabati bilan bayram tadbirlarini o`tkazmoqda. Aynan paxta terimi mavsumida mamlakatimizda ham bu sana keng nishonlanmoqda. Shoirlar ash`or o`qimoqda, san`at ahli san`atini namoyish qilmoqda.

Shuningdek, bugun 7 oktyabr kuni "Yangi O`zbekiston" gazetasining bosh sahifasida O`zbekiston Yozuvchilari uyushmasi raisi Sirojiddin Sayyidning "Davlatli el shavkatlidir, shavkatli el — davlatli" satrlari bitilgan dilbar she`ri ham chop etilibdi.

Qalbim buyurmagan so`zni men aytmadim, 
Avval aytgan bir gapimdan hech qaytmadim. 
Shoirligim shiori shu, bor hayotim da`vati: 
Davlatli el shavkatlidir, shavkatli el — davlatli. 
Shunday sha`nu shavkat uchun ovoz beramiz, 
Mangu toju davlat uchun ovoz beramiz!

Eslatib o`tamiz, saytimizda bundan oldin “Yangi O`zbekiston strategiyasi”, “Investisiya kiriting, investisiya” kabi she`rlari bilan tanilgan shoir Jamshid Akbarov bilan "Men maddoh emasman — "Yangi O`zbekiston strategiyasi" she`ri "ilohiy ilhom" bilan yozilgan" nomli suhbat e`lon qilingan edi. Shuningdek, "Yozuvchilar uyushmasi raisi Sirojiddin Sayyid yoshlarga diskotekaga kelishni tavsiya qildi” xabari ham berilgan.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
11
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
01.11.2021 04:37
Майлику мазмуни тушунарли, лекин, Сирожиддин Саййид бу қадар саёз услуб, шакл танламасди одатда, нима бало шоирдан адабиёт юз ўгирган шекилли
08.10.2021 00:47
Ҳар ким савиясига яраша ёзади, кўнглидагини оққа туширади. Балки бу сўзлар муаллифнинг ўзига маъқулдир. Ҳар ҳолда шоир шоирда! Илҳомланган ҳаётдан!
07.10.2021 22:46
"Мангу тожу давлат учун овоз берамиз!" Шу жумланинг маъносини ким қандай тушунади?