Bugun, 25 avgust kuni Oliy sudda hozirgi kunga qadar oqlanmagan bir guruh shaxslarga oid jinoyat ishlari ochiq sud majlislarida ko`rib chiqiladi.
Rost24.uz axborot-tahliliy sayti tomonidan mustaqilligimiz uchun kurashgan, tarixda “bosmachilar” nomi bilan qoralangan vatanparvarlarimiz nomini oqlash borasida bir nechta material e`lon qilingan edi.
1. “Oliy sudga e`tiroz: Nega 30 yildan buyon millatimiz qahramonlarini oqlamayapsiz?”
2. Millatimiz qahramonlari oqlanadimi? Rost24.uz ko`targan masalaga Oliy sud munosabat bildirdi
3. “Oliy sud O`zbekistonning qatag`on va paxta ishi qurbonlarini oqlamoqchi”
Ushbu materiallarda tarixda “bosmachilar” nomi bilan qoralangan vatanparvarlar nomini oqlash, ularni millatimiz qahramoni darajasiga olib chiqish borasida O`zbekiston Oliy sudiga takliflar bildirilgandi. Bu borada olim, tarix fanlari bo`yicha falsafa doktori Bahrom Irzaev bilan bosmachi tamg`asini olgan, aslida millatparvar bo`lgan ajdodlarimiz nomlari hali hanuz oqlanmayotgani yuzasidan suhbat uyushtirilgan edi.
Jumladan,
Bosmachilar nomini oqlash, ularning qahramonligini ochiqlash qachon siyosat darajasiga olib chiqiladi?
Vatan uchun jon bergan millatdoshlar nomini poklash, millatimizning o`z qaddini tiklashiga tili va vijdoni uchun kurashishida turtki bo`lmaydimi?
Bugungi kunda tarixda bosmachilar, deb atalgan ota-bobolarimizga hukumatning siyosiy munosabati qanday?
30 yildan buyon e`tiqodimiz uchun kurashgan ajdodlarimizni oqlashga bizga nima to`sqinlik qilib kelmoqda, kabi savollar o`rtaga tashlangandi.