Tashkent City: Rost24.uz da ko`tarilgan mavzu yuzasidan partiya ham jiddiy e`tiroz bilan chiqdi

19.08.2021 07:52

Ammo “Shahar ichidagi “davlat” rahbarlari hamon sukut saqlamoqda

Saytimizda e`lon qilingan "Shahar ichidagi "davlat": O`zbekiston Konstitusiyasining bir necha moddalarini buzayotgan Tashkent City” maqolasi ko`plab muhokamalarga sabab bo`ldi va bugungi kungacha davom etib kelmoqda.

XDP matbuot xizmati ijtimoiy tarmoqdagi bu chiqish turli fikrlar, postlarga sabab bo`lgani, ayrimlar o`zbek jamiyati ijtimoiy tabaqalanishga yuz tutayotganligini, yana boshqalar puldorlarning o`zboshimchaligini tanqid qilgan bo`lsa, yana kimdir alohida qoidalar ishlaydigan loyihalar qurishga hojat yo`qligini bayon qilishiga e`tibor qaratgan.

Xalq demokratik partiyasi bunday tabaqalashuv fuqarolarning kayfiyatiga yomon ta`sir ko`rsatishini, shuningdek, inson huquqlar tengligi va ularni amalga oshirishda imkoniyatlar tengligi tarafdori ekanligini aytib O`zbekistonda moliyaviy belgilarga, shuningdek, ayrim imtiyozlarga ko`ra tabaqalanishga yo`l qo`yib bo`lmasligini alohida ta`kidladi.

“Shuning uchun jamiyatda barqarorlikni saqlab turish uchun ijtimoiy keskinlikni yuzaga keltirishi mumkin bo`lgan ijtimoiy muammolarni tezkor hal etish zarur, deb hisoblaymiz”, – deyiladi partiya murojaatida.

Ammo nimagadir ushbu masalaga va bildirilayotgan fikrlarga shahar hokimiyati va “Tashkent City” rahbariyati hech qanday munosabat bildirmadi va haligacha jim. 

Buni xalqning dardiga ularning befarqligi deb tushunish kerakmi yoki...

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
1
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
19.08.2021 22:15
Фойдасиз! ку Қуруқ гапдан амалий жиҳатларга ҳали бери ута олмасак керак.
19.08.2021 16:04
Podachining qizining poda qaytar vaqti g'ayrati kelar ekan: Saylov yaqinmi? (Hurmatli shaharliklar va deputatlar, podachi-sigir boqadigan cho'pon).
19.08.2021 15:49
Sobiq xalq ta'limi vaziri Ulug'bek Inoyatov o'z qoidalariga sodiq: goh maqolani ko'chiradi, goh g'oyani.