Qamashida qiyinchilikda qolgan yolg`iz, imkoniyati cheklangan ona o`zi uchun boshpana qurdi

16.08.2021 18:06

YoXUD Qashqadaryoda hatto ayollar ham og`ir sharoitda uy qurishga majbur bo`lmoqda

Olis qishloqlarda imkoniyati cheklangan ayollar qanday hayot kechirmoqda?

Qonunga ko`ra, nogironligi bor shaxslarga tibbiyotda bir qancha imtiyozlar mavjud. Biroq chekka qishloqlarda imtiyoz tugul oddiy tibbiy muolaja olishning o`zi imkonsiz.

 Qashqadaryo viloyati, Qamashi tumani “Qizilqishloq” MFY “Oqqishloq” mahallasida istiqomat qilayotgan Tojinur Eshmirzaeva ana shunday o`z qonuniy imtiyozlaridan foydalana olmayotgan ayollardan. II guruh nogironi. U yolg`iz qiz farzandi bilan yashaydi. Tojinur “Temir daftar”ga kiritilgan. Biroq hozirgacha u daftarning temir kuchini his qilgan emas. 

Tojinur 870 ming so`m nafaqasi bilan qishloqda yolg`iz o`zi va qizi uchun boshpana qurdi. Boshpanasi chala, sog`lig`i esa bezovta qilmoqda. Qishloq atrofida bironta bo`sh ish o`rni, umuman ish o`rni mavjud emas. Mahalla fuqarolar yig`ini Tojinurga bepul tikuv mashinasi bera olmasligini ma`lum qilgan. Shunga qaramay Tojinur yangi O`zbekistonning islohotlaridan umid qilib yashab kelmoqda...

Eslatib o`tamiz, bundan oldin saytimizda "Qashqadaryodagi qishloqda ayollar tug`ruqxonaga "Tez yordam" o`rniga eshakda tashib kelinmoqda" maqolasi e`lon qilingan edi. Maqoladan so`ng viloyatning ayrim mutasaddilari qishloqqa borib, aholining turmush sharoiti bilan tanishmoqda. Ammo hali bu qishloqda uchrashuvlardan boshqa biror bir ijobiy harakat sezilgani yo`q.
Bundan tashqari saytimizda “O`rta asrlar sharoitida, olis bir qishloqda yashayotgan ayol hayotidan lavha (+video)” maqolasi ham e`lon qilingan edi.
    

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
2
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
17.08.2021 10:58
Бу менинг онамдир, бу менинг онам.