Zangiota tuman hokimligi va Milliy gvardiya bolalarni aldadi

27.07.2021 15:15

Ko`zbo`yamachilik nima? Qachon biz bu illatdan qutilamiz? Hammaning, butun mahallaning, bolalarning ko`z o`ngida mutasaddilarning ko`zbo`yamachilik xatti harakatlarini qanday tushunish mumkin?

Zangiota tumani, Bo`zsuv hududidagi “Ibrat” mahallasi bolalari hokimlik ham bolalarni aldashi mumkinligiga bugun guvoh bo`lib turibdi.

Kechagina “Ibrat” mahallasi aholisi uchun kichikkina bolalar maydonchasi qurib bitkazilgan edi. Maydonchani ochilish marosimida Zangiota tumani hokimligi va Milliy gvardiya vakillari ishtirok etgan. Marosim “O`zbekiston24” kanalida balandparvoz gaplar bilan yoritildi va maqtaldi. Murg`ak bolalar quvonchlarini yashirmay, maydoncha uchun tuman hokimligiga minnatdorchiliklar bildirgan. Ammo, buni qarangki, maqtovni maromiga etkazuvchi telekanal xodimlari ketishi bilan bolalar maydonchasiga yotqizilgan yashil sun`iy qoplamalar yig`ishtirib ketilgan. Kechagina hokimlikka rahmat aytayotgan bolalar endi shag`al ustidagi maydonchada qolishdi.

“O`zbekiston24” kanali xabariga ko`ra, kichkinagina maydonchani qurishda Milliy gvardiya, Zangiota tuman hokimligi va “Enter engineering” kompaniyasi mas`ul bo`lgani aytiladi.

“Ibrat” mahalla raisidan bu ko`zbo`yamachilik bo`yicha izoh ololmadik. Tinimsiz qo`ng`iroqlarimiz javobsiz qoldi. Biz “Ibrat” mahallasi raisi va Zangiota tuman hokimligiga jo`yali bir bahona tayyorlab qo`yishni taklif qilamiz. Sababi, maydonchaning ochilish marosimi haqida reportaj uzatgan “O`zbekiston24” telekanali boshlovchisi aytganidek, mahalla bu tarbiya, ibrat maskani. Zangiota tuman hokimligi va Milliy gvardiyaning bu ko`zbo`yamachiligi bolalar uchun yaxshigina “ibrat” va “tarbiya” namunasi bo`ldi. Reportajdan so`ng maydoncha sun`iy qoplama yig`ishtirib ketilganiga guvoh bo`lgan bolalar hokimlik haqida birmuncha tasavvurga ega bo`ldilar.



O`xshash maqolalar:

Qo`mita raisi va tuman hokimligini eplolmagan Davron Hidoyatov Toshkent viloyatida hokimlik qilmoqda

Antikorrupsiya agentligi: Toshkent viloyati hokimligida 1 yil ichida 111 ta korrupsion xatar aniqlandi

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
22
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
29.07.2021 13:22
Бундай кузбуямачиликлар качон тугайди келиб келиб мургак болаларни хам алдайсизларми инсофсизлар