Bektemirda tadbirkorlar va fuqarolar bilan uchrashuv o`tkazildi

16.10.2026 19:37

2026 yil 16 oktyabr kuni Bektemir tumanidagi «Abay» mahallasida tadbirkorlar va fuqarolar bilan uchrashuv bo`lib o`tdi.

Unda «Biznesni rivojlantirish banki» ATB boshqaruv raisining birinchi o`rinbosari Sh. Yusupov, Toshkent shahar prokurori vazifasini bajaruvchi A. Urmanov, Bektemir tumani hokimi N. Abduraxmanov va boshqa mas`ullar ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida tadbirkorlar va fuqarolarning muammolari, taklif hamda tashabbuslari o`rganildi. Jumladan, tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish, imtiyozli kreditlardan foydalanish, yangi loyihalarni amalga oshirish, aholi bandligini ta`minlash va daromad manbalarini ko`paytirish masalalari ko`tarildi.

Xususan, «RWS OPTIMUM» MChJ rahbari qum-shag`al aralashmasini xomashyo sifatida olish bilan bog`liq muammo yuzasidan murojaat qildi.

«CHILON LUBRICANTS» MChJ rahbari esa tog`-kon sanoatida portlovchi moddalar ishlab chiqarish faoliyatini tartibga solish bo`yicha amaldagi qonunchilikka tegishli nizom kiritishni taklif etdi.

Kelib tushgan murojaat va takliflar mas`ullar tomonidan o`rganilib, ularni hal etish bo`yicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар