Poytaxt bosh rejasini eplamagan amaldor bugun Toshkent viloyatida hokimlik qilmoqda

22.07.2021 23:38

 YoXUD 4 yil ichida 4 marotaba lavozimi almashgan amaldor

Bir necha bor tanqid ostiga olingan, o`ziga yuklatilgan vazifalarni bajara olmagani uchun yuqori lavozimlardan ishdan bo`shatilgan, bugun esa yana e`tiborli mansabga — Toshkent viloyati hokimi darajasiga ko`tarilgan Davron Abdufattoxovich Xidoyatovning amaldorlik karerasi haqida.

2014-2017 yy. - O`zbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo`mitasi raisi
2017-2018 yy. - Chilonzor tumani hokimi
2018-2018 yy. - Chilonzor tumani hokimi vazifasini bajaruvchi
2018-2021 yy. - Toshkent shahar hokimining arxitektura, kapital qurilish va kommunikasiyalarni rivojlantirish masalalari bo`yicha birinchi o`rinbosari
2021- y - h.v  -  Toshkent viloyati hokimi

Yuqori mansab pillapoyalarini u 2014 yildan 2017 yilga qadar Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo`mitasi raisi lavozimidan boshlagan.

2017 yilning aprel oyida o`tgan videoselektor majlisida Prezident Shavkat Mirziyoev shaxsan Davron Xidoyatovni keskin tanqid qilgan holda, uning faoliyatidan norozi ekanini bildirgan. Jumladan, qo`mita va uning tarkibiy bo`linmalari faoliyatida samarali natijalarga erishilmagani, Vazirlar Mahakamasining 2017 yil 14 yanvardagi majlisida berilgan topshiriqlarning ijrosi yuzasidan amaliy kompleks chora-tadbirlar ko`rilmagani hamda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni loyihasini puxta ishlab chiqishdagi shaxsiy intizomsizligi uchun Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo`mitasi raisi lavozim ishdan bo`shatgan edi. 

Shundan so`ng tanqid qilingan amaldor Toshkent shahrining Chilonzor tumaniga hokim etib tayinlangan. Ammo shu tuman hokimi davrida ham (2018 yil) faoliyatidagi kamchiliklar sababli yana ishdan olinib, Chilonzor tumani hokimi vazifasini bajauvchisi darajasiga tushirilgan.

Biroq qisqa davrda ish davomidagi kamchiliklari tufayli vazifasini bajaruvchisi bo`lib ishlayotgan Xidoyatov shu yilning o`zida (2018 yil) Bosh vazir Abdulla Aripov boshchiligidagi yig`ilishda Toshkent shahar hokimining arxitektura, kapital qurilish va kommunikasiyalarni rivojlantirish masalalari bo`yicha birinchi o`rinbosari lavozimiga tayinlandi va 2018 yildan 2021 yilga qadar ishlab keldi. Bu yillar davomida Toshkent shahrida katta “snos”lar amalga oshirildi, qurilishlar avj oldi.

Davron Xidoyatov shu davrda Toshkent shahrining bosh rejasi uchun javobgar amaldor ham bo`lgan. U o`z vaqtida, ya`ni 2019 yil oktyabr oyida poytaxtning bosh rejasi 2020 yilda tayyor bo`lib, jamoatchilik va hukumatga taqdim etilishi haqida ma`lum qilgan edi. Ammo, oradan shuncha vaqt o`tgan bo`lsa-da, bugunga qadar barchaning diqqat markazida turgan Toshkent bosh rejasi hamon tasdiqlangani yo`q.

2021 yil mart oyiga kelib Davron Xidoyatov Toshkent viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi. Unga ishonch bildirildi. Biroq, biz Davron Xidoyatovning shuncha vakolatli vazifalari davrida — bankirlikdan hokimlikkacha bo`lgan yo`lida favqulodda qilgan yirik ijobiy o`zgarishni izlab topa olmadik. Aksincha, uning ikki bor rahbarlik lavozimini egallab turgan vaqtida tanqid qilingani va lavozimidan pastlaganiga guvoh bo`ldik.

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi kadrlar ma`muriyatchiligi departamenti mudiri Ilhom Qurbonovning bildirishicha, birgina kadrning qanchalar muvafaqqiyatli faoliyat yuritganiga baho berish uchun u bir lavozimda 1 yildan ortiq ishlashi talab etiladi. Davron Xidoyatov esa  4 yil ichida 4 marotaba lavozimi almashgan amaldorlardan hisoblanadi.

Eslatma: Davron Xidoyatov Toshkent viloyati xokimi lavozimidaligi vaqtida uning qizi Madina Xidoyatova Toshkent viloyati Qibray tumanidagi “Universal jumping” ot sporti klubida ot sportining konkur yo`nalishi bo`yicha “Toshkent viloyati hokimi kubogi” ning 110 sm balandlikka sakrash musobaqasi g`olibi bo`lgan.
Madina Xidoyatova avvalroq “Evroosiyo ot sporti assosasiyasi vise – Prezidenti kubogi uchun musobaqa”da ishtirok etib 100 sm balandlikka sakrash bo`yicha g`oliblikni qo`lga kirita olmagan.

Rost24.uz axborot sayti bundan oldin "Rahbarlikdan rahbarlikka: 4 yil ichida 4 ta amaldorlik kursisiga sakragan Rahmonbek Usmonovning yurishi" hamda “Oltita lavozim egasi Aziz Abduxakimov boshqaruvidagi 6 tarmoqning qaysi biri rivojlandi?” maqolalari e`lon qilingan edi.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
30
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
30.09.2021 04:27
Тошкент вилояти ҳокимлиги “Ягона буюртмачи хизмати” инжиниринг компаниясидан А.Раҳмонов томонидан 2021 йил апрел ойидан ишдан мажбуран бўшатилган ходимлар: 1.Иқтисодий ишлар бўйича директор ўринбосари; 2. Бош муҳандис; 3. Техник назорат бўлим бошлиғи (ПТО); 4. Техник назорат бўлими 4 та бош мутахассиси; 5. Шартномалар бўлими бош мутахассиси; Директор А.Раҳмонов ўзи билан ишлаган собиқ ходимлардан директор ўринбосари, бош мухандис, техник назорат бўлими бошлиғи ва ўринбосари ва 8 та техник назоратчи ишчи ходимларни ишга қабул қилган. Ишдан мажбуран бўшатиладиганлар навбатида ким турган экан!
25.07.2021 20:40
Махалла тизимига э'тибори паст,май ойида жиноят содир этилмаган махаллаларни рагбатлинтирилсин дея селекторда айтди ва махаллаллар рагбатлантирилмади.
24.07.2021 20:13
4 марта алмашсада талабчан, харакатчан ва кобилияти борга ухшайди мнинг фикримча.
24.07.2021 02:46
Toshken viloyatni Rustam Xolmatovday jon kuyar vatan ravnaqi uchun xissa qushadgan odam 1000 tadan 1ta da
23.07.2021 22:03
ДАВРОН ХИДОЯТОВ УДДАБРОН ХАР ЙУНАЛИШ БУЙИЧА ТУШУНЧАСИ ЗУР РАХБАРЛАРДАН КЕЛАЖАГИ ЗУР
23.07.2021 15:57
Бошқарув тизими қаттиқ ва талабчан, ёмонлигини кўрмадим, аксинча анча қизиқ очилмаган қирралари очилди, чет тилини билиши, ёшларга бўлган ҳурмати билиниб тўрибди.
23.07.2021 14:50
Yolgo'on malumotlaniyam tiqurasla silaga qoyillarim (q....)
23.07.2021 14:42
ОГЗИ КИЙШИК БУЛСА ХАМ БОЙНИ БОЛАСИ ГАРРСИН ДЕЙДИКУ, ЁКИ СОТИЛИШИ МУМКИН БУЛМАГАН НАРСАЛАРНИ КИММАТРОККА СОТИБ ОЛИШ МУМКИН