Savdo-sanoat palatasi: Bitta ham tadbirokor jabr ko`rmasligi kerak

24.06.2021 12:03

Kecha O`zbekiston EOAVMA tomonidan “Zamonaviy tadbirkor - Yangi O`zbekistonning tayanchi” mavzusida Ochiq muloqot o`tkazildi.

Unda O`zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan tadbirkorlikni rivojlantirish borasida to`siq bo`layotgan muammolar ham ko`tarilib, ularni echish bo`yicha fikr mulohazalar ham bildirildi:

Birgina misol, 2020 yilda tadbirkorlarga qarashli ko`chmas mulk ob`ekti buzilish holatlari 13 baravarga kamayib, 96 tani tashkil etgan. Lekin, buning bittasi ham ko`p. Shuning uchun, xususiy mulkka daxl qilingan har bitta holat bo`yicha Savdo-sanoat palatasi Biznes-ombudsman bilan hamkorlikda ta`sirchan jamoatchilik nazoratini yanada kuchaytiradi.

Shu bilan birga, xususiy mulkka daxl qilganlik uchun javobgarlik choralarini kuchaytirish va tadbirkorlikning huquqiy kafolatlarni (aybsizlik prezumpsiyasi) mustahkamlash to`g`risida qonun loyihasini ishlab chiqish bo`yicha Palata tomonidan taklif kiritildi.

Tadbirkorlik sohasidagi ayrim qonunchilikning beqarorligi xususiy biznes vakillari uchun noqulaylik tug`dirayotgan holatlar ham uchrab turibdi. Bundan buyon, qabul qilingan qonun hujjatlari tadbirkorlik sub`ektlari uchun investisiya qilish shart-sharoitlarini yomonlashtirsa, ular investisiya qilish sanasida amalda bo`lgan qonun hujjatlarini o`n yil mobaynida qo`llash huquqiga ega bo`lishi yuzasidan qonunchilikka alohida norma kiritilmoqda.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
24.06.2021 17:54
Эртаклар яхшиликка етаклар.