Putin MDH mamlakatlarida ko`proq rus tilini o`rgatish kerakligi vazifasini yukladi

14.05.2021 04:00

Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakat ta`lim vaziri Sergey Kravsovdan MDH mamlakatlarida rus tilini o`rganishni rivojlantirish bo`yicha taklif berishini so`radi. 

“INTERFAX.RU” xabariga ko`ra, Putin hukumat a`zolari bilan yig`ilishda bu boradagi bugungi ishlar etarlicha emasligini ta`kidlagan. “Bu davlatlarda rus tilini o`rganishni rivojlantirish, rus tilini qo`llab-quvvatlash kerak. Shuning uchun qo`shimcha takliflar ishlab chiqarilishini so`rayman. Bugungi ishimizdan ko`ra, ko`proq narsani bajarishimiz mumkin va shunday qilish zarur», degan u.

Yaqinda o`zining Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon bilan uchrashuvida ham shu haqda so`z borganini eslatib, “Bu borada Tojikiston bo`yicha ham taklif berishingizni so`rayman”, deb ta`kidlagan Rossiya prezidenti.

Eslatib o`tamiz, yaqinda O`zbekiston Oliy Majlis Qonunchilik palatasida o`zbek tilini rivojlantirish yuzasidan berilgan taklif bir guruh deputatlarimiz tomonidan rad etilgan edi. Saytimizda ushbu deputatlarga qarata professor Qozoqboy Yo`ldoshevning keskin munosabati ham berilgan

 

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
1
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар