Rasmiylar mayxonaga aylangan muzey yuzasidan javob qaytardi

06.05.2021 09:57

Rasmiylar mayxonaga aylangan muzey va o`zbek geologiyasi asoschisi haykali haqidagi maqolaga javob qaytardi.

Joriy yilning mart oyida rost24.uz axborot saytida «Bir zamonlar noyob eksponatlari bilan mashhur bo`lgan muzey bugun mayxonaga aylandi» nomli Xatirchi tumani Langar qo`rg`onidagi “Konchilar” muzeyi to`g`risida material joylashtirilgan edi. 

Mazkur maqolaga Madaniyat vazirligi huzuridagi madaniy meros departamenti javob berdi. 

Departamentning javobiga ko`ra, ushbu muzey davlat muzeyi sifatida emas, balki soha muzeyi sifatida taxminan 1973-1974 yillarda tashkil etilgan bo`lib, 2002 yilda Langar ko`rg`onida Navoiy kon metallurgiya kombinati (NKMK) tomonidan kon ishlari tugatilganidan so`ng faoliyati to`xtatilgan.

Shuningdek, mazkur sayt materialida keltirilib o`tilgan haykaltarosh Safarmurod Kamolov bilan 2021 yil 18 fevral kuni madaniy meros boshqarmasi xodimlari uchrashdi. Safarmurod Kamolov tomonidan taklif etilgan haykal namunasi o`rganib chiqilib, ayrim o`zgartirishlar kiritish bo`yicha takliflar berildi. 

S.Kamolov tomonidan “Habib Abdullaev” sharafiga taklif qilingan haykal loyihasini amalga oshirish uchun ayni paytda homiylar izlanmoqda.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар