Agrobank Chiroqchi filialining Rost24.uzda e`lon qilingan tanqidiy maqolaga yo`llagan munosabati

03.04.2021 17:55

Saytimizda “Chiroqchida Agrobankdan kredit olish o`lim bilan barobar (+VIDEO)” sarlavhasi ostida tanqidiy maqola e`lon qilgan edik. Murojaatlar asosida tayyorlangan mazkur maqolada Agrobankning Chiroqchi filialidan aholi kredit olishga qiynalayotganligi bayon etilgan edi.

Oradan ikki kun o`tib Agrobankning Chiroqchi filiali rahbariyati tomonidan murojaatchilar muammolari qonuniy o`rganilib chiqilgani bayon etilgan javob xati keldi.

Ushbu javob xatini to`laligicha e`lon qilishni lozim topdik:

Rost24.uz axborot-tahliliy saytida 2021 yil 1 aprel kuni “Chiroqchida Agrobankdan kredit olish o`lim bilan barobar (+VIDEO)” sarlavhasi bilan bildirilgan fikr-mulohazalar yuzasidan quyidagilarni ma`lum qilamiz.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 24 oktyabrdagi PQ-4498-son “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish davlat dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan loyihalarni kreditlash tartibini takomillashtirishning qo`shimcha chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarorida 2020 yil 1 yanvardan boshlab dasturlarni moliyalashtirish uchun resurslar ajratgan O`zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamg`armasi hamda Jamg`armalar resurslarining 2020-2022 yillarda so`ndiriladigan qismi har oyda vakolatli banklar (Agrobank, Mikrokreditbank va Xalq banki)ga dasturlar doirasidagi loyihalarni moliyalashtirish uchun yo`naltirilishi belgilangan.

Shuningdek, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 27 martdagi “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish davlat dasturlari doirasida amalga oshiriladigan qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi PQ-5041-son qarorida belgilangan maqsadli parametrlarga asosan 2021 yilda ajratiladigan kreditlarning 45 foizi dasturlar doirasida avval ajratilgan kreditlarning qaytarilishi natijasida vakolatli banklarda shakllantiriladigan resurs mablag`lari hisobidan ajratib borilishi ko`zda tutilgan.

Qarorga asosan Dastur koordinatorlari tomonidan haqiqiy ehtiyojdan hamda shakllantirilgan loyihalarning istiqboli va qo`shimcha ish o`rinlari yaratishga yo`naltirilganligidan kelib chiqqan holda ajratilayotgan resurslar Dasturlar, vakolatli banklar va hududlar kesimida tezkor qayta taqsimlab boriladi.

Xususan, maqsadli parametrlarga asosan joriy yilda “Agrobank” ATB Chiroqchi filiali tomonidan oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida
15,123 mlrd. so`m miqdorida imtiyozli kreditlar ajratilishi rejalashtirilgan.

Shundan, 1-chorakda 3,781 mlrd. so`mlik kreditlar ajratilishi ko`zda tutilgan bo`lib, amalda 4,96 mlrd. so`mlik kreditlar berildi (choraklik reja 131 foizga bajarildi).

Hozirda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlariga asosan bank filiali tomonidan ajratilgan kreditlar bo`yicha muddatida qaytarilmagan qarzdorliklar 2,58 mlrd. so`mni tashkil qilmoqda. Imtiyozli kreditlarga talab ko`pligini inobatga olgan holda, bu kabi muammoli qarzdorliklar ayrim hollarda o`z-o`zidan resurs taqchilligini ham yuzaga keltirmoqda.

Muhtaram Prezidentimizning yuqorida ko`rsatilgan qarorlariga asosan so`nggi yillarda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi bandligini ta`minlash dasturlarini amalga oshirish bo`yicha orttirilgan tajribalar asosida yanada soddalashtirilgan tizim joriy etildi.

Unga ko`ra, 2021 yil 1 apreldan boshlab aholi va tadbirkorlik sub`ektlarining kredit olish uchun arizalari Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari yagona elektron platformasi orqali qabul qilinadi.

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari yagona elektron platformasidasturlar doirasidagi loyihalarni moliyalashtirishda shaffof mexanizm yaratishga, fuqarolarga kredit ajratilishida ortiqcha ovoragarchiliklarni oldini olishga, qaror qabul qilish tizimining har bir bosqichini nazorat qilishga, sektorlar va tijorat banklarining dasturdagi faoliyatini baholashga hamda fuqarolarning tadbirkorlik ko`nikmalarini oshirishga imkon beradi.

Bunda, kredit oluvchiga dasturlar doirasida kredit olish bo`yicha har bir bosqichda qabul qilingan qaror to`g`risida Elektron platforma orqali ma`lumot berib boriladi.

Kredit oluvchi tanlagan mahsulot etkazib beruvchi (ish bajaruvchi) tashkilot (ta`minotchi) tomonidan mahsulot etkazib berilgandan (ish bajarilganidan) so`ng, kredit mablag`lari ta`minotchiga ajratib beriladi.

Shu bilan birga, chorvachilikni rivojlantirish uchun imtiyozli kredit oluvchilarga quyidagilarni ta`kidlab o`tamiz.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 7 iyundagi “Har bir oila-tadbirkor” dasturini amalga oshirish to`g`risida”gi PQ-3777-son qarorida maxsus fermalar tomonidan chet eldan mahsuldorligi yuqori bo`lgan nasldor qoramol, echki va quyon zotlarini olib kelish, ko`paytirish hamda viloyatning tabiiy-iqlim sharoitlariga mos zotlarini yaratish, mollarni sun`iy qochirishning ilg`or texnologiyalarini joriy etish, mazkur fermalarda mahalliy sharoitga moslashtirilgan nasldor qoramol, echki va quyon zotlarining ko`rgazmalarini tashkil etish va aholi xohishiga asosan ularni tanlov asosida maqbul narxlarda sotib olinishiga zamin yaratish vazifalari belgilangan.

Shunga muvofiq, dasturlar doirasida chorvachilikni rivojlantirish uchun imtiyozli kredit mablag`lari faqat chetdan keltirilgan mahalliy sharoitga mos naslli chorva mollarini xarid qilish uchun ta`minotchilarga pul o`tkazish yo`li bilan ajratiladi. Bunda, asosiy e`tibor sut yo`nalishidagi qoramol (g`unojin mol), sovliq qo`y va echki sotib olishga qaratiladi.

Shuningdek, Rost24.uz axborot-tahliliy saytida kredit olish masalasida qiynalayotganligini bayon qilingan fuqaro bilan uchrashib, uning masalalari o`rganib chiqildi.

O`rganish davomida fuqaroga ta`minotchi tomonidan nasldor chorva etkazib berilgandan so`ng, bank filiali tomonidan kredit mablag`i ajratib berilishi tushuntirildi.

Fuqaro tomonidan qayd etilgan masala bo`yicha zarur tushunchaga ega bo`lganligi va bank filialiga e`tirozi yo`qligini bildirib, tushuntirish xati taqdim etildi.

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida kreditlar ajratish bo`yicha bank filiali tomonidan zarur choralar ko`rib borilishini ma`lum qilamiz.

O.UMRZOQOV,

“Agrobank” ATB Chiroqchi
filiali boshqaruvchisi.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
04.04.2021 08:21
ўқиб чиққунича шикоят эгаси ўзини мурожаатиниям эсдан чиқариб қўйгандир?
04.04.2021 08:21
ўқиб чиққунича шикоят эгаси ўзини мурожаатиниям эсдан чиқариб қўйгандир?
04.04.2021 03:52
4,96 млрд. сўмлик кредитлар берилди (чораклик режа 131 фоизга бажарилди) - шунда нечта фукорога берилган кредит?
03.04.2021 23:52
Йил якунларига багишланган йигилишида укиб эшиттирилган ёлгон маълумотлардан иборат хисоботини такдим килганга ухшайди. Аник конкрет жавоб эмас, бари олди кочди гаплар. Узлари тушунишмаса керак бу матн укиб эшиттирилган вактда