«Biznesni rivojlantirish banki» Qanliko`l va Denovda yangi xizmat ko`rsatish markazlarini ochdi

15.10.2026 19:38

«Biznesni rivojlantirish banki» ATB aholi va tadbirkorlarga bank xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida Qoraqalpog`iston Respublikasining Qanliko`l tumani va Surxondaryo viloyatining Denov tumanida yangi bank xizmatlari markazlarini ishga tushirdi.

Jumladan, 2026 yil 13 oktyabr kuni Qanliko`l tumanida, 14 oktyabr kuni esa Denov tumanida bankning yangi xizmat ko`rsatish markazlari o`z faoliyatini boshladi.

Qanliko`l tumanidagi markaz Qoraqalpog`iston Respublikasi, Qanliko`l tumani, Do`stlik MFY, Dosliq ko`chasi, 51-uy manzilida joylashgan. Denov tumanidagi markaz esa Surxondaryo viloyati, Denov tumani, Sufi Olloyor nomidagi MFY, Sharof Rashidov ko`chasi, 270-uy manzilida faoliyat yuritadi.

Yangi markazlarda jismoniy va yuridik shaxslarga zamonaviy bank xizmatlari ko`rsatiladi. Xususan, mijozlar omonat va kredit mahsulotlarini rasmiylashtirish, to`lovlar va pul o`tkazmalarini amalga oshirish, bank hisobvaraqlarini ochish va ularga xizmat ko`rsatish imkoniyatiga ega bo`ladilar.

Shuningdek, tadbirkorlik sub`ektlari o`z biznes loyihalarini moliyalashtirish, faoliyatini kengaytirish va yangi tashabbuslarini amalga oshirish uchun zarur moliyaviy xizmatlardan foydalanishlari mumkin.

Yangi markazlarning ishga tushirilishi hududlarda bank xizmatlari infratuzilmasini rivojlantirish, moliyaviy xizmatlar qamrovini kengaytirish va ularni aholiga yanada yaqinlashtirishga xizmat qiladi. Bu, ayniqsa, mahalliy tadbirkorlarning moliyaviy resurslardan foydalanish imkoniyatlarini oshirish hamda yangi biznes loyihalarini qo`llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

«Biznesni rivojlantirish banki» ATB hududlarda bank xizmatlari infratuzilmasini izchil kengaytirish, mijozlarga xizmat ko`rsatish sifatini oshirish va tadbirkorlik sub`ektlarini moliyaviy qo`llab-quvvatlash yo`nalishidagi ishlarni davom ettirmoqda.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар