Konimexda aholi va tadbirkorlar uchun sayyor qabul o`tkazildi

12.10.2026 11:51

Aholi va tadbirkorlik sub`ektlarini qo`llab-quvvatlash, ularning murojaatlarini bevosita joyida o`rganish hamda mavjud muammolarga tezkor va amaliy echim topish maqsadida Konimex tuman Xalq qabulxonasida navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi.

Tadbir davomida «Biznesni rivojlantirish banki» ATB Boshqaruvi raisi o`rinbosari Oybek Voxidov hamda Konimex tumani hokimi Ruslan Ro`ziev fuqarolar va tadbirkorlar bilan yuzma-yuz muloqot o`tkazdilar.

Uchrashuvda tadbirkorlikni rivojlantirish, bank-moliya xizmatlaridan foydalanish hamda boshqa turli sohalarga oid ko`plab murojaatlar atroflicha tinglandi.

Sayyor qabul davomida bir qator murojaat va masalalar bo`yicha mas`ullar biriktirilib, joyida amaliy echim topdi. Shuningdek, qo`shimcha o`rganish va muayyan muddat talab etadigan masalalar bo`yicha aniq chora-tadbirlar belgilanib, tegishli mutasaddilar mas`ulligida nazoratga olindi.

Ochiq va samimiy ruhda o`tgan muloqot yakunida fuqarolar va tadbirkorlar o`zlarini qiynayotgan masalalar yuzasidan atroflicha javob hamda zarur tavsiyalar oldilar.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар