«Biznesni rivojlantirish banki» ATB aholi va tadbirkorlik sub`ektlariga zamon talablariga mos, sifatli va qulay moliyaviy xizmatlar ko`rsatish qamrovini kengaytirishni izchil davom ettirmoqda. Xususan, bugun Farg`ona viloyatining Beshariq, Bag`dod hamda Buvayda tumanlarida bankning yangi Bank xizmatlari markazlari (BXM) tantanali ravishda foydalanishga topshirildi.



Yangi Bank xizmatlari markazlarining manzillari:
Beshariq tumani BXM: Farg`ona viloyati, Beshariq tumani, Buloqboshi MFY, Oltin vodiy ko`chasi, 128-uy.
Bag`dod tumani BXM: Farg`ona viloyati, Bag`dod tumani, Muqimiy MFY, Axillik ko`chasi, 2-uy.
Buvayda tumani BXM: Farg`ona viloyati, Buvayda tumani, Obod hayot ko`chasi, 787-uy.
Yangidan barpo etilgan va zamonaviy infratuzilma bilan ta`minlangan mazkur markazlar hududlardagi mijozlarga zamonaviy bank xizmatlarini yanada yaqinlashtirish, kichik va o`rta biznes sub`ektlarini moliyaviy qo`llab-quvvatlash hamda aholi farovonligini oshirishga xizmat qiladi.



Markazlarda jismoniy va yuridik shaxslar uchun keng turdagi bank amaliyotlari, jumladan:
Aholi uchun: qulay shartlardagi omonatlar, mikrozayom va kreditlarni rasmiylashtirish, xilma-xil to`lovlar va xalqaro pul o`tkazmalarini amalga oshirish;
Tadbirkorlar uchun: biznes loyihalarni va kichik tadbirkorlikni moliyalashtirish, hisobvaraqlar ochish va boshqa kompleks bank xizmatlaridan tezkor va toifalangan tarzda foydalanish imkoniyatlari yaratilgan.
«Biznesni rivojlantirish banki» ATB Farg`ona viloyati aholisi va tadbirkorlarini yangi Bank xizmatlari markazlarida kutib olishdan va ularga muvaffaqiyatli rivojlanish yo`lida ishonchli moliyaviy hamkor bo`lishdan mamnundir.