Prezident bayram arafasida o`qituvchilarni mukofotladi

29.09.2026 11:33

Prezident o`qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ta`lim-tarbiya tizimida alohida o`rnak ko`rsatgan xodimlardan bir guruhini mukofotlash to`g`risida farmonni imzoladi.

Mukofotlanganlar ro`yxati quyida keltirilgan:

“O`zbekiston Respublikasi xalq o`qituvchisi” faxriy unvoni bilan

Saidov Ergash Allanazarovich - Denov tumanidagi 6-umumiy o`rta ta`lim maktabining boshlang`ich sinf o`qituvchisi, Surxondaryo viloyati

Saparbaev Azimbay Saburovich - Amudaryo tumanidagi 36-umumiy o`rta ta`lim maktabining matematika fani o`qituvchisi, Qoraqalpog`iston Respublikasi

“O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan xalq ta`limi xodimi” faxriy unvoni bilan

Shamukaramov Kamil Tuygunovich - Chinoz tumanidagi 1-umumiy o`rta ta`lim maktabining tasviriy san`at va chizmachilik fani o`qituvchisi, Toshkent viloyati

Xakimova Raxima Salijonovna - Namangan shahridagi 4-umumiy o`rta ta`lim maktabining boshlang`ich sinf o`qituvchisi, Namangan viloyati

“O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvoni bilan

Raimov Ismatulla - Zomin tumanidagi 1-umumiy o`rta ta`lim maktabining jamoatchilik kengashi raisi, Jizzax viloyati

Soleev Axmadjon - Samarqand davlat universitetining o`quv ishlari bo`yicha birinchi prorektori

“O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan ixtirochi va rasionalizator” faxriy unvoni bilan

Kurbonov Mirtemir Shodievich - O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti direktorining ilmiy ishlar bo`yicha o`rinbosari

“O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan sport ustozi” faxriy unvoni bilan

Muqimov Botirbek Ashurovich - Oltinko`l tumanidagi 2-umumiy o`rta ta`lim maktabining jismoniy tarbiya fani o`qituvchisi, Andijon viloyati

Najmidinov Vaxiddin Ergashevich - Sportning qishki va murakkab texnik turlari bo`yicha Respublika oliy sport mahorati maktabining bahodirlar o`yinlari va tosh ko`tarish bo`limi murabbiysi

“O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan madaniyat xodimi” faxriy unvoni bilan

Uteeva Gulnora Lukmanovna - R.Glier nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabining o`zbek xalq cholg`ulari bo`limi jo`rnavozi

“Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan

Mamajanov Alijon - Farg`ona davlat universitetining tilshunoslik kafedrasi professori, Farg`ona viloyati

Meliev Abduhalim Xurramovich - Samarqand shahridagi “Nurli maskan” ixtisoslashtirilgan 59-maktab-internati direktori, Samarqand viloyati

Muxamedbaeva Zamira Abduljaparovna - Toshkent kimyo-texnologiya institutining Yangier filiali kimyoviy texnologiyalar kafedrasi professori, Sirdaryo viloyati

Nishanov Nurmuxamad Xajimamatovich - Uchqo`rg`on tumanidagi 8-umumiy o`rta ta`lim maktabining geografiya fani o`qituvchisi, Namangan viloyati

Ochilov Shuxrat Saidovich - Buxoro tumani sport maktabining dzyudo bo`yicha murabbiysi, Buxoro viloyati

“Mehnat shuhrati” ordeni bilan

Yo`ldashev Dilmurod Karimjonovich - Shahrixon tumani ixtisoslashtirilgan maktabining fizika fani o`qituvchisi, Andijon viloyati

Ko`chkinov Ziyodullo Axmedovich - Bandixon tumani ixtisoslashtirilgan maktabining tasviriy san`at fani o`qituvchisi, Surxondaryo viloyati

Mirtadjieva Karamat Taxirovna - O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Astronomiya instituti laboratoriya mudiri

Sayimova Sarsengul Alpisbaevna - Qorao`zak tumanidagi 9-umumiy o`rta ta`lim maktabining o`zbek tili fani o`qituvchisi, Qoraqalpog`iston Respublikasi

Safarov Eshkabul Yuldashovich - O`zbekiston Milliy universitetining geodeziya, kartografiya va kadastr kafedrasi professori

Uzakov Zair - Qarshi davlat texnika universiteti kompyuter tizimlarining dasturiy va texnikaviy ta`minoti kafedrasi professori, Qashqadaryo viloyati

I darajali “Sog`lom avlod uchun” ordeni bilan

Vinogradova Valentina Ivanovna - O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining O`simlik moddalari kimyosi instituti katta ilmiy xodimi

Gofurova Saodat Musaevna - Marg`ilon shahridagi 29-umumiy o`rta ta`lim maktabining boshlang`ich sinf o`qituvchisi, Farg`ona viloyati

Pardaev Shukurulla Bozorovich - Boyovut tumanidagi 3-umumiy o`rta ta`lim maktabining jismoniy tarbiya fani o`qituvchisi, Sirdaryo viloyati

Usmanova Nargiza Mirzadavlatovna - Mirzo Ulug`bek tumanidagi 190-ixtisoslashtirilgan umumiy o`rta ta`lim maktabining boshlang`ich sinf o`qituvchisi, Toshkent shahri

Yaxshieva Zuxra Ziyatovna - Jizzax davlat pedagogika universitetining tabiiy fanlar fakulteti dekani, Jizzax viloyati

II darajali “Sog`lom avlod uchun” ordeni bilan

Abdullaeva Gulnoz Xasanovna - Urganch tumani ixtisoslashtirilgan maktab-internatining biologiya fani o`qituvchisi, Xorazm viloyati

Bekmurodova Sojida O`ralovna - Yakkasaroy tumanidagi 160-ixtisoslashtirilgan maktabining texnologiya fani o`qituvchisi, Toshkent shahri

Isxakova Mavlyuda Raxmanovna - Maktabgacha ta`lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutining pedagogika va psixologiya kafedrasi dosenti

Muratova Gulbaxor Kamilevna - Yunusobod tumanidagi “Erudite education” nodavlat ta`lim muassasasi rahbari, Toshkent shahri

Nurova Nargiza Tashevna - Karmana tumanidagi alohida ta`lim ehtiyojlari bo`lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 25-maktab-internatining yakka eshitish fani o`qituvchisi, Navoiy viloyati

Xakimova Abidaxon Azimjonovna - Asaka tumanidagi 57-umumiy o`rta ta`lim maktabi direktori, Andijon viloyati

Xoliqov To`raqul Jo`raevich - G`ijduvon tumanidagi 28-umumiy o`rta ta`lim maktabining jismoniy tarbiya fani o`qituvchisi, Buxoro viloyati

Shodiev Bektosh Shokirovich - Kattaqo`rg`on tumanidagi 1-ixtisoslashtirilgan maktabining matematika fani o`qituvchisi, Samarqand viloyati

“Do`stlik” ordeni bilan

Angela Papenburg - Germaniya Federativ Respublikasining “GP Günter Papenburg AG” kompaniyasi direktorlar kengashi a`zosi

Bayrieva Almagul Qurbanovna - Qoraqalpoq davlat universitetining siyosatshunoslik va ma`naviyat asoslari kafedrasi mudiri

Begisheva Laura Dyusheevna - Xonobod shahridagi 2-umumiy o`rta ta`lim maktabining boshlang`ich sinf o`qituvchisi, Andijon viloyati

Buzikova Gulsina Fayazovna - Yashnobod tumanidagi “Diplomat international school” nodavlat ta`lim muassasasining boshlang`ich sinf o`qituvchisi, Toshkent shahri

Imamov Erkin Zunnunovich - Toshkent axborot texnologiyalari universitetining fizika kafedrasi professori

Kan Lyudmila Nikolaevna - Yashnobod tumanidagi 10-bolalar musiqa va san`at maktabining fortepiano sinfi o`qituvchisi, Toshkent shahri

Kandregula Ganga Bhavani Santosh Kumari - O`zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta`limi vazirligining Xorijiy mutaxassislarni jalb qilish bo`yicha ekspertlar kengashi a`zosi

Mattias Klingenberg - Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ)ning “O`zbekistonda kasbiy ta`lim tizimini isloh qilish va modernizasiya qilish jarayonini qo`llab-quvvatlash” loyihasi rahbari

Muratkin Valeriy Nikolaevich - Bektemir tumanidagi 1-sport maktabining yo`riqchi-uslubchisi, Toshkent shahri

Razova Batpa Pazilovna - Bo`stonliq tumanidagi 1-umumiy o`rta ta`lim maktabining biologiya fani o`qituvchisi, Toshkent viloyati

Sattorov Bobonazar Nuftillaevich - Kasbi tumani 1-texnikumi direktori, Qashqadaryo viloyati

Fu Zengzheng - Xitoy-O`zbekiston kasbiy ta`lim alyansi bosh kotibining o`rinbosari

II darajali “Salomatlik” ordeni bilan

Abdurafikova Dildora Abduvaxidovna - Ohangaron shahridagi alohida ta`lim ehtiyojlari bo`lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 7-maktab logopedi, Toshkent viloyati

Abduraxmonova Nigora Xudoyberdievna - Abu Ali ibn Sino nomidagi Termiz jamoat salomatligi texnikumi direktorining o`quv ishlari bo`yicha o`rinbosari, Surxondaryo viloyati

Mamarasulov To`lqinjon Mirzaevich - Qarshi davlat universitetining tibbiyot fakulteti kafedra mudiri, Qashqadaryo viloyati

Turdiboev Abdug`ani Abdug`apporovich - Farg`ona shahridagi nogironligi bo`lgan bolalar uchun “G`amxo`rlik” markazi direktori, Farg`ona viloyati

“Mardlik” ordeni bilan

Allambergenova Nigora Gulmurzaevna - Qonliko`l tumanidagi 2-umumiy o`rta ta`lim maktabining o`zbek tili fani o`qituvchisi, Qoraqalpog`iston Respublikasi

Musaev Mirzaxmat Baymatovich - O`zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining ot sporti bo`yicha Respublika oliy sport mahorati maktabi murabbiysi

Kushmurotov Elmurot Jurakulovich - “University of innovation technologies” nodavlat ta`lim muassasasi ta`sischisi, Qoraqalpog`iston Respublikasi

Safarov Suhrobjon Yangiboy o`g`li - Jarqo`rg`on tumani sport maktabi direktori, Surxondaryo viloyati

Yunusov Axmadali Xaydaralievich - Uchko`prik tumani 2-texnikumining jismoniy tarbiya fani o`qituvchisi, Farg`ona viloyati

“Sog`lom turmush” medali bilan

Alieva Nargiza Ziyodillaevna - Navoiy pedagogika texnikumining pedagogika psixologiyasi fani o`qituvchisi, Navoiy viloyati

Boboev Po`lat Jumaboevich - Hazorasp tumanidagi 8-umumiy o`rta ta`lim maktabining geografiya fani o`qituvchisi, Xorazm viloyati

Gadoev Azizbek Ilxomovich - Guliston shahridagi “Bolajonlar xonadonim quvonchi” oilaviy bolalar uyi rahbari, Sirdaryo viloyati

Evstafeva Oksana Shukurovna - Mirzo Ulug`bek tumanidagi 190-ixtisoslashtirilgan umumiy o`rta ta`lim maktabining boshlang`ich sinf o`qituvchisi, Toshkent shahri

Mukumova Shaxnoza Buranovna - Qarshi ixtisoslashtirilgan madaniyat maktabining musiqa nazariyasi va fortepiano bo`limi o`qituvchisi, Qashqadaryo viloyati

Pardaeva Gavhar Doniyorovna - Samarqand shahridagi Prezident maktabining kimyo fani o`qituvchisi, Samarqand viloyati

Umirzakov Alisher Abdikasimovich - Ohangaron tumanidagi “Ilg`or kichkintoylar” oilaviy nodavlat maktabgacha ta`lim tashkiloti rahbari, Toshkent viloyati

Xalmatov Komil Turniyazovich - Respublika velosport mahorat maktab-internati direktori

Ergasheva Firyuza Davlatovna - Kogon shahridagi “Anisaoy” oilaviy nodavlat maktabgacha ta`lim tashkiloti tarbiyachisi, Buxoro viloyati

“Jasorat” medali bilan

Embergenova Gulnara Joldasbaevna - Nukus shahridagi “Baxtli oila” oilaviy bolalar uyi rahbari, Qoraqalpog`iston Respublikasi

Ziyotov Farrux Saodilla o`g`li - Qarshi shahridagi “Nurli maskan” ixtisoslashtirilgan 18-maktab-internatining ingliz tili fani o`qituvchisi, Qashqadaryo viloyati

Karshieva Gulnoza Turakulovna - Tomdi tumani ixtisoslashtirilgan maktab-internatining matematika fani o`qituvchisi, Navoiy viloyati

Ro`zmetova Laylo Xudoyorovna - Nurobod tumanidagi 78-umumiy o`rta ta`lim maktabining boshlang`ich sinf o`qituvchisi, Samarqand viloyati

“Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan

Mamatova Nazokat Sharipbaevna - Urganch shahridagi alohida ta`lim ehtiyojlari bo`lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 32-maktab-internati direktori, Xorazm viloyati

Mo`minov Fazliddin Xusniddin o`g`li - O`zbekiston Respublikasi Oliy ta`lim, fan va innovasiyalar vazirligining Yig`ma-axborot va hududiy masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig`i

Rasulov Sodiq Sa`dullaevich - Iste`dodli yoshlarni qo`llab-quvvatlash “Ulug`bek” jamg`armasi direktorining o`rinbosari

Tolipov Shoxjaxon Ulug`bek o`g`li - Buvayda tumanidagi “Vint” mas`uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Farg`ona viloyati

Xamdamov Nodir Muxamatovich - Kogon shahridagi “Akbarjon barakat” mas`uliyati cheklangan jamiyati ta`sischisi, Buxoro viloyati

“Kelajak bunyodkori” medali bilan

Abdubekova Madina Rovshan qizi - Yunusobod tumanidagi 1-bolalar musiqa va san`at maktabining vokal sinfi o`qituvchisi, Toshkent shahri

Atoev Abubakir Izzatillo o`g`li - Buxoro davlat texnika universitetining elektr va energetika muhandisligi kafedrasi o`qituvchisi, Buxoro viloyati

Sangirov Jumaniyoz Alijon o`g`li - O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix institutining Yosh olimlar kengashi raisi o`rinbosari

Xasanov Azizbek Erkin o`g`li - Navoiy shahridagi 1-ixtisoslashtirilgan maktab-internatining matematika fani o`qituvchisi, Navoiy viloyati

Shukurullaeva Mohinur Baxrom qizi - Taxiatosh tumanidagi 6-maktabgacha ta`lim tashkiloti tarbiyachisi, Qoraqalpog`iston Respublikasi

Yuldashev Farrux Xudayarovich - O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi huzuridagi Ta`lim sifatini ta`minlash milliy agentligining raqamlashtirish va axborot texnologiyalari guruhi rahbari

“Shuhrat” medali bilan

Abdieva Turdigul Abdujabbarovna - Samarqand shahridagi 80-umumiy o`rta ta`lim maktabining ona tili va adabiyot fani o`qituvchisi, Samarqand viloyati

Avlakulov Davron Olimovich - Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning informatika fani o`qituvchisi, Toshkent shahri

Alibaeva Barno Musurmonovna - Do`stlik tumanidagi 10-umumiy o`rta ta`lim maktabining ona tili va adabiyot fani o`qituvchisi, Jizzax viloyati

Alimova Saodatxon Toyirovna - Quva tumanidagi 66-umumiy o`rta ta`lim maktabining rus tili va adabiyoti fani o`qituvchisi, Farg`ona viloyati

Axmatova Karomat Abdulazizovna - Yunusobod tumanidagi 259-umumiy o`rta ta`lim maktabining fizika fani o`qituvchisi, Toshkent shahri

Axmetova Shaxnoza Tolkunovna - Mirzo Ulug`bek tumanidagi 210-umumiy o`rta ta`lim maktabining o`zbek tili fani o`qituvchisi, Toshkent shahri

G`iyosov Xasan Mamirovich - Sharof Rashidov tumani ixtisoslashtirilgan maktabining informatika fani o`qituvchisi, Jizzax viloyati

Ismoilova Odinaxon Abdukaxxarovna - Izboskan tumanidagi 19-umumiy o`rta ta`lim maktabining iqtisod fani o`qituvchisi, Andijon viloyati

Yo`ldosheva Nasiba Maxsud qizi - Gurlan tumanidagi “Yo`ldosheva Nasiba” oilaviy nodavlat maktabgacha ta`lim tashkiloti tarbiyachisi, Xorazm viloyati

Kamalov Ne`matjon Bahodirovich - Bog`ot tumani ixtisoslashtirilgan maktabining matematika fani o`qituvchisi, Xorazm viloyati

Kattaeva Shahnoza Shodievna - Navoiy shahridagi 18-umumiy o`rta ta`lim maktabining ingliz tili fani o`qituvchisi, Navoiy viloyati

Kurbanova Iroda Djalalovna - Qo`qon shahridagi 1-ixtisoslashtirilgan maktabining matematika fani o`qituvchisi, Farg`ona viloyati

Qulmanova Nodira Eshdavlat qizi - Jarqo`rg`on tumani ixtisoslashtirilgan maktabining biologiya fani o`qituvchisi, Surxondaryo viloyati

Menglieva Xursand Rajabovna - Nishon tumanidagi 35-umumiy o`rta ta`lim maktabining ona tili va adabiyot fani o`qituvchisi, Qashqadaryo viloyati

Mirxamitova Dilorom Xudayberdievna - Olmaliq davlat texnika institutining metallurgiya va kimyoviy texnologiyalar fakulteti dekani, Toshkent viloyati

Murodova Marziya Majitovna - Vobkent tumanidagi 18-umumiy o`rta ta`lim maktabining ona tili va adabiyot fani o`qituvchisi, Buxoro viloyati

Pardaeva Yulduz Ibragimovna - Halima Xudoyberdieva nomidagi ijod maktabining ona tili va adabiyot fani o`qituvchisi, Sirdaryo viloyati

Sadinov Abror Samadovich - Paxtachi tumani 1-texnikumi direktori, Samarqand viloyati

Sadullaeva Nigora Ruslanovna - O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimidagi Ko`p funksional inklyuziv-resurs markazi direktorining o`rinbosari

Sangirova Zamira Bozorboevna - Ta`limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazining pedagogik mahorat va inklyuziv ta`limni rivojlantirish bo`limi boshlig`i

Sobitov Axmadjon Marxamatovich - Mirobod tumanidagi “Novda Edutainment” yangi avlod darsliklarini tayyorlash jamiyati rahbari, Toshkent shahri

Sulaymonov Tal`at Xayotjonovich - Yangiobod tumanidagi 7-umumiy o`rta ta`lim maktabi direktori, Jizzax viloyati

Temirova Adolat Avazxanovna - Yangiyo`l agrotexnologiyalar texnikumining ishlab chiqarish ta`limi ustasi, Toshkent viloyati

Tohirov Doniyor Baxtiyor o`g`li - Chust tumani ixtisoslashtirilgan maktabining kimyo fani o`qituvchisi, Namangan viloyati

Umarova Muazzam Ergashevna - Shahrisabz tumanidagi 6-umumiy o`rta ta`lim maktabining tarix fani o`qituvchisi, Qashqadaryo viloyati

Umarova Saidaxon Pulatovna - Yangiqo`rg`on tumanidagi 10-umumiy o`rta ta`lim maktabining ingliz tili fani o`qituvchisi, Namangan viloyati

Urunov Anvar Jamoliddinovich - Namangan shahridagi “LSL school” xususiy maktabi direktori, Namangan viloyati

Xolxodjaev Boxodir Asatullaevich - Toshkent davlat texnika universitetining oliy matematika kafedrasi dosenti

Xudoyberdiev Dilshod Anorboy o`g`li - Toshkent shahridagi Prezident maktabining kimyo fani o`qituvchisi

Chorieva Nilufar Shaydullaevna - Muzrabot tumanidagi 34-umumiy o`rta ta`lim maktabining boshlang`ich sinf o`qituvchisi, Surxondaryo viloyati.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар