Maktab o`quvchilari orasida "narkotik" iste`moli yildan yilga ortib bormoqda

15.03.2021 14:43

Yangi giyohvand modda — nikotinli snyuslar O`zbekistonda ishlab chiqarilib, tarqatila boshlaganiga deyarli uch yil bo`lmoqda

“2019 yilda maktablarda o`tkazilgan hamkorlikdagi reydlari davomida 110 nafar o`quvchi yonidan nikotinli snyuslar topilgan bo`lsa, 2020 yilda 270, 2021 yilning ikki oyi davomida 301 nafar o`quvchi yonidan topilgan va ularni iste`mol qiluvchilarning eng yoshi 5-sinf o`quvchilari bo`lgan”, deydi “Milliy tiklanish” partiyasi Markaziy kengashi bo`lim boshlig`i Doniyor Toshboev.

Saytimizda muxbirimizning maxsus eksperimenti e`lon qilingan edi. Unda 20 yoshdan kichik bo`lgan rost24.uz muxbiri qonunchilikdagi ta`qiqlarga qaramasdan bemalol do`konlardan tamaki mahsulotlarini sotib olganini ma`lum qilgan. Mazkur eksperiment asosida tahririyat ta`qiqqa qaramay sotuvchilarning voyaga etmaganlarga tamaki mahsulotini sotishi va bu ishi uchun jazolanmasligi achinarli ekani qayd etilib, tegishli qonunlarning nega ishlamasligi hamda amaldagi qonun normalari bugungi kun talablariga javob bermasligi haqida Qonunchilik palatasi deputatlaridan munosabat so`radi.

“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi saytimiz eksperimentiga munosabat bildirib, partiya tamaki mahsulotlaridan ham xavfli bo`lgan nikotinli snyuslarning yoshlar orasida tarqalishiga qarshi kurashayotganini bildirdi. 

Doniyor Toshboev O`zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi, Sog`liqni saqlash vazirligi, “Ibn Sino” jamoat fondi  va Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasi Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi tomonidan o`tkazilgan tadbirlar natijalarini keltirib bu masala saytimiz e`tiboridan chetda qolganini aytadi.

Aslida, ushbu tadbir natijalari hamda snyuslarning xavfli ekani bo`yicha aynan rost24.uz sayti bong ura boshlagandi. Joriy yil boshida  “O`zbekistonda yangi giyohvand modda ommaviy ravishda, qonuniy tarqatilmoqda” nomli maqola e`lon qilingan edi.

Nima bo`lganda ham hech qachon ishlamagan qonunga 10 yil davomida chora ko`rilmaganini oqlab bo`lmaydi. Nikotinli snyuslar O`zbekistonda ishlab chiqarilib, tarqatila boshlaganiga deyarli uch yil bo`lmoqda. Tamaki mahsulotlari necha yillardan beri biz bilan va eng achinarlisi, uning sotuvi qonun bilan cheklangani amaliy natija berayotgani yo`q.

3 mart kuni “Milliy tiklanish” partiyasi o`tkazgan tadbir esa mazkur masala bo`yicha yillar davomida kurashib kelinganini anglatmaydi.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
9
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
16.03.2021 00:06
Нимага хар бир дуконга 1 мартадан сотиш керак эмаслиги хакида эслатма бериб, унинг окибатлари тугрисида тушунтириб чикиш урнига, мактабларга юриб, тадбир утказишни афзал билишади? Менимча дуконларни хеч булмаганда бир марта огохлантириш каррасига бу сонларни кискартиради. Мактаб боллари эса хар доим хар хил йулларини топаверади, улар тадбирда катнашаетганлардан ихтиро килиш кобилияти каррасига юкорирок
16.03.2021 00:06
Нимага хар бир дуконга 1 мартадан сотиш керак эмаслиги хакида эслатма бериб, унинг окибатлари тугрисида тушунтириб чикиш урнига, мактабларга юриб, тадбир утказишни афзал билишади? Менимча дуконларни хеч булмаганда бир марта огохлантириш каррасига бу сонларни кискартиради. Мактаб боллари эса хар доим хар хил йулларини топаверади, улар тадбирда катнашаетганлардан ихтиро килиш кобилияти каррасига юкорирок