Saytimizda Sergeli va Yangihayot tumanlari hududida joylashgan ehtiyojmand oilalar uchun qurilgan uy-joylar atrofining tungi va tonggi manzarasi fotoreportaj shaklida e`lon qilingan edi.
Reportajda tirband ko`chalar, piyoda va mashinalar oqimiga sig`mayotgan yo`llar, ko`pqavatli uylar atrofida to`lib ketgan turli rusumdagi avtomobillar o`z aksini topgan.
Eslatib o`tamiz, ushbu uylardagi xonadonlar birinchi navbatda, yosh oilalar, eski va sharoiti og`ir uylarda yashayotgan fuqarolarga mo`ljallangan. Prezidentimizning 2016 yil 22 noyabrdagi «2017-2020 yillarda shaharlarda arzon ko`p kvartirali uy-joylar qurish va rekonstruksiya qilish dasturini amalga oshirishga doir chora-tadbirlar to`g`risida»gi qaroriga asosan, ko`p xonadonli arzon uylarni qurish bo`yicha dasturga ko`ra mazkur arzon uylar qurilgan edi...