Ekologiya qo`mitasi jurnalistlarning “Qonli ariq” haqidagi materialini joyiga chiqib o`rgandi

07.03.2021 05:52

Rost24.uz axborot saytida “Toshkent yaqinidagi katta ariqdan har kuni ko`pirib qon oqmoqda” maqolasida e`lon qilingan edi. Ushbu video material Toshkent viloyati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi, Sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligi agentligining hududiy mutaxassislari hamda inspektorlari tomonidan joyiga chiqib o`rganildi.

Mazkur dolzarb muammo O`zbekiston Respublikasi Davlat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo`mitasi tomonidan nazoratga olindi.

Qo`mitaning tahririyatga yozishicha,Obod Savdo Biznes” MChJ ga qarashli qushxona faoliyatidan hosil bo`lgan oqova suvlarni zax ariqga oqizilgani ma`lum bo`ldi. Holat yuzasidan 2021 yil 26 fevral kuni Ekologiya va atrof-muxitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo`yicha Qibray tumani inspeksiyasi tamonidan ogohlantirish xati berilgan. 
Bu bilan O`zbekiston Respublikasining “Tabiatni muxofaza qilish to`g`risida”gi Qonunning 19 – moddasi, “Suv va suvdan foydalanish to`g`risida”gi Qonunning 18, 19, 99-moddalari talablari buzilib,  O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi Kodeksning 72-moddasi 1-qismi bilan ma`muriy javobgarlikka tortilishiga sabab bo`ldi.
Ta`kidlash zarurki, mazkur Ixtisoslashgan so`yish korxonasi binolari 2014 yilda “Obod Savdo Biznes” MChJ tasarrufiga o`tgan va Qibray tumani hokimining tegishli qarori qabul qilingan. Ixtisoslashgan so`yish korxonasi qurilib 2018 yil ishga tushirilgan, lekin hujjatlar so`ralganda, aynan Ixtisoslashgan so`yish korxonasi uchun tegishli tashkilotlar xulosalari taqdim qilinmadi.
Oqova suv va qushxona hududidan chiqayotgan oqova suv uchun qilingan o`ralar gidroizolyasiyalangan (betondan yasalgan), lekin oqova yig`ilmasdan dala va zax ariqga oqizilgan.
Oqova suvni o`radan tortib olinishi, chiqindilarni olib chiqish uchun u yoki bu maxsus tashkilotlar bilan shartnomalar tuzilmagan. Shu bilan birga qushxonani yuvish vaqtida chiqqan qon aralash suv va so`yilgan mol ichaklari qushxona hududining orqa tomoni - dala qismiga chiqarilishi natijasida tartibsiz holatga kelib qolgan.
Veterinariya - sanitariya qoida va me`yorlari talablari buzilgan.
Toshkent viloyat ekologiya boshqarmasi, Sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligi agentligining hududiy  boshqarmasi tomonidan aniqlangan holatni zudlik bilan bartaraf qilish choralarini ko`rish uchun zarur tavsiyalar berilib, nazoratga olindi.
Ayni damda yuqorida bayon etilgan masalalarni bartaraf qilish yuzasidan ko`rsatmalar berilib, qushxonadan chiqayotgan oqova suvning ariqqa oqizilishi to`xtatildi. 
Holat yuzasidan tegishli hujjatlar Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo`yicha vakilga taqdim etish uchun tayyorlanmoqda”.

 

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
4
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
30.03.2021 19:48
Қушхона эмас, кушхона дейилади. Куш - тожик тилида ўлим дегани.
07.03.2021 15:16
Bõlarkanku!
07.03.2021 12:27
Olloh rozi bosin