Ehtiyojmandlar uchun qurilgan uylar atrofining tongi manzarasi

05.03.2021 04:17

Bugungi kunda Toshkent shahridagi eng gavjum joy bu Sergeli va yaqinda tashkil etilgan Yangi hayot tumani hududi bo`lsa ajab emas. Tirband ko`chalar, piyoda va mashinalar oqimiga sig`mayotgan yo`llar, ko`pqavatli uylar atrofidagi manzara bu holni tasdiqlaydi.

Rost24.uz axborot sayti tomonidan “Kam ta`minlanganlar uchun qurilgan uylarda "ko`p ta`minlanganlar" foto materialida Sergeli tumanida asosan ehtiyojmandlar uchun qurilgan ko`p qavatli uylarning atrofi, bugungi kundagi tungi manzarasi e`lon qilingan edi. Quyida esa tongi manzara…

Har tong xuddi shunday…
Mashina ishqibozlari nima uchundir oq rangni ko`proq yoqtirishadi
Ko`pqavatli uylar atrofi mashinalar uchun maxsus joylar bilan ta`minlanishi kerak
Ko`pqavatli uylar atrofi shinam va ozoda
O`zbekistonda ishlab chiqarilgan mashinalar
Ba`zan mashina qo`yishga joy etmay qoladi


O`quvchilari tomonidan ushbu fotodalillar turli tuman baxs munozaralarga sabab bo`lmoqda. Ayrimlar mazkur ko`p qavatli uylarning aksariyatini uyga ehtiyoji bo`lmagan fuqarolar egalik qilayotganini ham iddao qilmoqda. Ko`pchilik xonadonlarning ijaraga berilayotgani, ayrimlari sotuvga qo`yilgani buning isboti ekanini aytishmoqda. Bu borada yaqin kunlarda Rost24.uz axborot sayti tomonidan o`rganilib, asl holat o`quvchilarga taqdim etiladi.

Aslida mazkur uy-joylar Prezidentimizning 2016 yil 22 noyabrdagi «2017-2020 yillarda shaharlarda arzon ko`p kvartirali uy-joylar qurish va rekonstruksiya qilish dasturini amalga oshirishga doir chora-tadbirlar to`g`risida»gi qaroriga asosan, ko`p kvartirali arzon uylarni qurish bo`yicha dasturga ko`ra, arzon uylar qurilgan edi. Ushbu uylardagi xonadonlar birinchi navbatda, yosh oilalar, eski va sharoiti og`ir uylarda yashayotgan fuqarolarga mo`ljallangan.

Eslatib o`tamiz, Sergeli tumanidagi mazkur dahalarda yashovchi aholi vakillari sotib olingan uylar narxi oshirilganiga norozilik bildirgani tasvirlangan xabar va videotasvirlar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgandi.
O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov hamda tegishli vazirlik va idoralar vakillari norozilikka chiqqan aholi bilan uchrashib, ularning muammolarini tegishli darajada hal etgan edi.

 

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
12
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар
10.03.2021 14:34
Навоий куча,Шайхонтохур тумани 14 б 75 кв да 2 группа инвалид Авезова Ирода укасининг уйида яшайди.3 боласини узининг пенсиясига бокади.унга уй керак,ердам керак.инобатга олинглар,илтимос
05.03.2021 10:15
Bu ko‘p ta‘minlanganlar xech to‘ymas ekanda, uyalmasdan kam ta‘minlanganlarni uglarini xam egallashvolibdi.