O`zbekiston tadbirkorlari Yaponiya dasturi bo`yicha malaka oshirmoqda

30.11.2024 10:02

Biznesni rivojlantirish banki Yamagata Universiteti bilan tuzgan shartnomaga ko`ra, universitet professorlari O`zbekistonning turli hududlarida 150 nafar faol tadbirkorlar bilan o`quv kurslari tashkil etgan. 
Bu haqida kecha bank tomonidan o`tkazilgan matbuot anjumanida ma`lum qilindi.

Tadbirda ma`lum qilinishicha, Yaponiyaning “u-hope” dasturi bo`yicha tuzilgan ushbu o`quv kurslariga tadbirkorlar tomonidan qiziqishlar ortib bormoqda ekan. Matbuot anjumanida e`lon qilingan hisobotlarga ko`ra, hozirda dasturga 11 ming nafardan ortiq tadbirkorlar qiziqish bildirgan, 2 ming nafar tadbirkor uchun o`qish jarayonlari boshlangan, 500 nafarga yaqin tadbirkorlar sertifikat egalari bo`lgan.

Yaponiya mutaxasislari o`quv dasturlari jarayonida muvaffaqiyatli qatnashgan tinglovchilardan 24 nafar mentorlarni saralab olgan.

Saralangan tinglovchilar dastlab O`zbekistonda, keyingi bosqichda esa, Yaponiyaning Yamagata universitetida o`z malakasini oshirib, xalqaro sertifikatga ega bo`lishgan.

O`z o`rnida, mentorlarning Yaponiyaga safari bilan bog`liq xarajatlar Markazlar tomonidan qoplab berilgan bo`lib, o`zaro tuzilgan shartnomaga asosan har bir mentor tomonidan jami 296 nafar trenerlarni tayyorlash majburiyati yuklatilibdi.

Reklama huquqi asosida

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар