Deputatlar “hayitdan keyin xina” taklif qilishmoqda

26.03.2024 16:03

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari shaharsozlik normalarini buzganlik uchun jarimalar miqdorini oshirishni taklif qilishmoqda.

Kecha o`tkazilgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasi yig`ilishida Seysmik xavfsizlik bo`yicha ayrim qonun hujjatlariga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish to`g`risidagi qonun loyihasi ko`rib chiqilgan.

Qonun loyihasida shaharsozlikka oid qonunchilik talablarini buzganlik uchun jinoiy va ma`muriy javobgarliklarni kuchaytirish, ma`muriy jarimalar miqdorini yagona qilib belgilash, ya`ni amaldagi ma`lum bir summadan ma`lum summagacha degan normadan voz kechish taklif etilmoqda.

Mazkur qonun loyihasidan ko`zlangan asosiy maqsad — shaharsozlik faoliyati sohasida ko`payib borayotgan noqonuniy qurilishlarning oldini olish, tasdiqlangan bosh rejalarga rioya etilishini hamda aholining sog`ligi, hayoti va xavfsizligini ta`minlash, qurilish sifatini oshirishdan iborat”, – deyilgan yig`ilish haqida berilgan rasmiy ma`lumotda.

Shu erda savol tug`iladi: qaysi tasdiqlangan bosh rejaga ko`ra? 

Hattoki poytaxtning ham bosh rejasi tasdiqlanmaganku...

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
5
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар