"Agrobank" Markaziy apparatida korrupsiya alomatlari kuzatilmoqdami?

11.03.2024 14:22

"Agrobank" o`tkazgan 1,3 milliard so`mlik tenderda o`zaro bog`liqliklari bor korxonalar ishtirok etgan

7 mart kuni Agrobank "Pul o`tkazmalari" mavzusida reklama roliklari olish bo`yicha tender natijalarini e`lon qildi. Yakuniy natijaga ko`ra, tender narxi deyarli 1,3 milliard so`mni tashkil qildi. 

Tenderda uchta firma qatnashgan: 

1. EDMOND GT 

2. TWINS CREATIVE AND ENTERTAINMENT 

3. QUASAR DESIDN 

Birinchi va ikkinchi firmani bir birini bog`lab turuvchi boshqa bir kompaniya bor.

Uchinchisi QUASAR DESIDN tenderdan diskvalifikasiya qilingan. Begonaligi uchunmi, yoki haqiqatdan ham buyurtmachini qoniqtirmaganligi uchunmi, buyog`i bizga qorong`u.

Birinchi va ikkinchi kompaniyalarni VOXE GROUP bog`lab turadi; 

- VOXE GROUP xodimi Firidjanov Eduard Edmond GT ta`sischisi. 

- VOXE GROUP bosh direktori Tursunov Ravshan TWINS CREATIVE AND ENTERTAINMENT ta`sischisi 

- VOXE GROUP bosh direktori o`rinbosari Xasan Salixov TWINS CREATIVE AND ENTERTAINMENT rahbari va ta`sischisi. 

- VOXE GROUP production departamenti rahbari Davlat Arabshoev TWINS CREATIVE AND ENTERTAINMENT ta`sischisi. 

Lot shartlariga ko`ra, g`olib tashkilot 10 kun ichida “Pul o`tkazmalari” mavzusida bir birini to`ldiruvchi 3 ta reklama roligini tayyorlashi kerak. Ushbu reklamalar ko`chadagi LED ekranlarda, internet tarmog`ida va televidenieda e`lon qilinishi rejalashtirilgan. Har bir videorolik xronometraji 20 sekundgacha bo`lishi kerakligi talab qilingan.

MANBA

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
1
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар