O`tgan yilda 49 nafar sudya lavozimidan ozod etilgan

03.03.2024 10:37

17 nafar sudya sudyalik qasamyodini va 8 nafari esa odob kodeksi talablarini buzgan.

2023 yilda o`z lavozim vakolatlarini suiste`mol qilgan nechta sudya lavozimidan ozod etildi? Rost24.uz jurnalistining ushbu savoliga Sudyalar oliy kengashi raisining o`rinbosari Alisher Jalilov quyidagicha javob berdi:

2023 yilda 49 nafar sudyaning vakolatlari muddatidan ilgari tugatilgan. Ularning ichida ayrimlari vafot etgan, 22 nafari o`z arizasiga ko`ra oilasi, sog`ligi yoki boshqa ishga o`tishi munosabati bilan, 17 nafari esa sudyalik qasamyodlarini va 8 nafari sudyalar odob kodeksi talablarini buzgan.  Bu masalaga xizmat ko`rsatish ishi bilan oydinlik kiritiladi. Xizmat tekshiruvi oliy malaka hay`ati tomonidan o`tkaziladi va joylardagi malaka hay`atlarining  xulosasiga ko`ra, ularga nisbatan ta`sirli choralar qo`llaniladi. Ogohlantirishdan tortib vakolatlar muddatlarini muddatidan oldin tugatish masalasiga qadar qo`llaniladi.

– 2023 yilda pora bilan qo`lga tushgan sudyalar ham uchradi, ularning bundan oldin ko`rgan sud jarayonlari ham qayta ko`riladimi?

Sudyalar oliy kengashi raisi o`rinbosari "2023 yilda Jinoyat ishlari bo`yicha Yashnobod tumani sudining sudyasi pora olganlik fakti bo`yicha 210-moddaning birinchi qismi bilan javobgar bo`lgan edi. Unga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo turi tayinlangan. Ayni vaqtda jazoni o`tamoqda. Agar uning ko`rgan ishlari qonuniy bo`lsa, Jinoyat-prosessual kodeksida talablari bor. Sud qarorlaridan narozi bo`lingan taqdirda shikoyat qilish huquqlari bor, – dedi  A. Jalilov.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
1
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар