Erlar sotilib bo`lingandan keyin yaratilgan "E-Yer nazorat" dasturi qanchalik samara beradi?

24.02.2024 08:59

"E-Yer nazorat" ATT dasturi ishlab chiqildi    

Ushbu dastur orqali erlarni o`zboshimchalik bilan bilan egallab olish va qurilish ishlarini amalga oshirishda huquqbuzarliklarni oldindan aniqlash mumkin. Dastur Kadastr agentligi, Bosh prokuratura va “O`zbekkosmos” agentligi tomonidan yaratildi. Dasturning yana bir ustunligi, kosmik suratlarni qayta aniqlash orqali o`zboshimchalik bilan egallangan er uchastkalarini va noqonuniy binolarni aniqlash mumkin. Bunda har bir hududdagi erlarni nazorat qiluvchi inspektorlarga maxsus planshet va bodi-kameralar beriladi, ular ushbu qurilmalar orqali "O`zbekkosmos" agentligi olgan suratlar bilan belgilangan hududni solishtirish natijasida qonunbuzilish holatlarini aniqlay oladi.  

Oxirgi ikki yoki uch yilda erlarni noqonuniy egallash, noqonuniy inshoot qurish holatlari juda ko`p uchrayapti. Dastur ushbu holatlarning oldini olish uchun bizga oldinroq kerak edi. Rost24.uz sayti muxbirining "Nega bunday dastur oldinroq yaratilmagan?" mazmunidagi savoliga Kadastr agentligi direktor o`rinbosari Mirsaid Mirmaksudov quyidagicha javob berdi:

- Bu tizimni 2020 yilda ishlab boshlagan edik. Bu narsalar oldin faqat qog`ozda yuritilgan, nazorat tadbirlarining ham qay tartibda yuritilishi ko`rsatilmagan. Ko`p holatlarda sudga berilgan bayonnomalarning noto`g`ri tasdiqlanganligi, hujjatlashtirishda qo`yilgan xatoliklar yoki asos bo`lmaganligi to`g`risidagi sabablar bilan yutqazib qo`ygan holatlar ko`p bo`lgan. Biz 2021 yilda raqamlashtirish orqali bu jarayonni to`liq nizomini ishlab chiqdik, hujjatlashtirishdagi tamoyillarni ham aniq belgilab oldik. Bu orqali endi sudlarda ham bemalol asos bilan keltira olamiz. To`g`ri, bu oldinroq qilinishi kerak edi. Lekin 2020 yildan boshlab bu narsalarga asosiy urg`u berildi.   

Kadastr agentligi tomonidan noqonuniy er egallab olish holatlari aniqlansa, fuqaroda erga egalik huquqi bo`lsa, lekin hujjatni davlat ro`yxatidan o`tkazmagan bo`lsa unga davlat ro`yxatidan o`tkazish uchun 15 kun muddat beriladi. Shuningdek, agar noqonuniy er egallab olish holatlari aniqlansa, fuqarolarga 1097 qisqa raqami orqali to`g`ridan to`g`ri agentlikka murojaat qilish imkoniyati ham yaratildi.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар