Ranglarni gapirtiradigan yoshlar

16.02.2024 19:39

Farog`at Xurramova – Qarshi shahridagi ixtisoslashtirilgan madaniyat maktabida chizmachilik, rangtasvir, kompozisiya va me`morchilik asoslaridan saboq beradi. U akvarel bilan ishlashni yaxshi ko`radi, shuningdek, grafikalar bilan shug`ullanadi. Uning ishida eng dolzarb mavzulardagi plakatlar alohida o`rin tutadi. U «UzTrend» o`quvchilariga oilaviy zo`ravonlik muammosiga bag`ishlangan asarlar turkumi bilan allaqachon tanish. Uning navbatdagi ijod mahsuli «Men soya bo`lishni xohlamayman!» Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlaridan biri – fuqaroligi bo`lmagan shaxslarning hayoti haqida gapiradi.

Bu rasmning mazmuni shundan iboratki, fuqaroligi yo`q odamlarning kelajagi yo`q. Uzoqqa qarab ketayotgan odamlar – pasporti bor odamlar. Oldingi planda chizilgan kishilarning fuqaroligi yo`q, ular aro yo`lda qolganlar.

«Daraxt bir joyda ko`karadi». Kesilgan daraxtlar, bular keksalikda fuqarolikdan mahrum bo`lgan kishilar.

Fuqaroligi yo`q kishilar saylash huquqidan mahrum. Bu rasmning maqsadi, ular ham ovoz berishga haqli ekanini ko`rsatmoqda.

Bu kompozisiyaning ma`nosi quyidagicha, yorqin ranglar fonida chizilgan izlar fuqaroligi bor odamlar, sovuq ranglar fonida tasvirlangan izlar, aksincha, fuqaroligi yo`q kishilar.

Muvozanat. Chapda tasvirlangan odamlar fuqaroligi bor, to`la huquqli kishilar, o`ngda esa pasporti yo`q kishilar. Ular havoda muallaq turmasligi kerak, ular ham to`kis yashash baxtiga munosib.

Bu sevishganlar fuqaroligi yo`q insonlar. Ular kelajagi qanday bo`lishini o`ylab oila qurishga qo`rqadilar.

Bu rasmning mazmuni quyidagicha, fuqaroligi yo`q kishilarning hayoti xuddi shaxmat o`yiniga o`xshab ketadi. Ba`zida yutadi, ba`zida yutqazadi. Ot bu fuqaroligi bor kishilar, piyoda pasporti yo`q insonlar.

Pasport stoliga boradigan yo`l labirintga o`xshaydi. Bu odamga labirintdan chiqishga yordam bering.

Bu bolalar fuqaroligi yo`q bo`lib tug`ilgan, ular ham baxtli kelajak egalari bo`lishga haqli.

Fuqaroligi yo`q odamlar muhim va tayinli ishga joylasha olmaydi, shuning uchun ular doimiy yashash joyiga ega emas.

Kompozisiya markazida tasvirlangan inson chuqur o`yga tolgan, u kelajakda to`la to`kis hayot kechira oladimi?!

Bu qiz o`z hissiyotlarini yozuv orqali ifodalamoqda. Pasporti yo`q shaxslarning haq-huquqini davlat o`z himoyasiga olishini xohlaydi.

Fuqaroligi yo`q shaxslar jamiyatda o`z o`rnini topa olmay, o`zlarini begonadek his qiladi.

«Shaffof soya bo`lishni istamayman». Bu fuqaroligi yo`q shaxslarning ichki tug`yoni.

Bu rasmning mazmuni quyidagicha, fuqaroligi yo`q shaxslar qoqigulga o`xshab havoda izsiz yo`qolib ketadilar.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар