Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi ushbu o`rinlarga da`vogarlik qilish uchun 100 ming nafar fuqaroni imtihonga jalb qiladi.
Ammo agentlik imtihonlardan muvaffaqiyatli o`tganlarning Koreyada ishlashi kafolatlamasligini ma`lum qilgan.
Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi 34 407 ta ish o`rni uchun 100 ming nafar o`zbekistonlik tanlovlarga jalb qilinishi bo`yicha e`lon bermoqda.
Shuni alohida aytish kerakki, 100 ming nafar O`zbekiston fuqarosi imtihonga jalb qilinadi. Ijtimoiy tarmoqlarda esa 100 ming nafar fuqaro Janubiy Koreyaga taklif qilinadi, degan ma`lumotlar tarqalmoqda. Aslida 100 ming nafar da`vogar Janubiy Koreya ajratgan 34 407 ta o`rin (kvota) uchun omadlarini sinab ko`rishadi.
Agentlik tarqatgan xabarga ko`ra, Koreya E-9 vizasi asosida quyidagi sohalarda xorijda ishlash istagida bo`lgan O`zbekiston fuqarolarini tanlovlarga jalb qiladi:
Ishlab chiqarish sohasida — 22 248 nafar;
Qishloq xo`jaligi sohasida — 6 858 nafar;
Xizmat ko`rsatish-2 (mehmonxona va oshxona ishlari) sohasida — 5 403 nafar (asosan ayollar uchun);
Qurilish sohasida — 2 898 ta.
Agentlik talabiga ko`ra, dastlabki ro`yxatdan o`tish joriy yilning 8-14 fevral kunlari amalga oshiriladi. Nomzodlar yuqoridagi sohalardan faqat bittasini tanlashi kerak.
Shuningdek, Migrasiya agentligi imtihonlardan muvaffaqiyatli o`tganlarning Koreyada ishlashi kafolatlamasligini ham ma`lum qilgan.
“Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi test imtihonlaridan muvaffaqiyatli o`tgan fuqarolarning Koreya Respublikasida mehnat faoliyatini amalga oshirishini kafolatlamaydi”, – deyiladi agentlik tarqatgan e`londa.