Senat a`zolari 100 nafardan 65 nafarga qisqartirilmoqda

19.01.2024 12:40

Senatning 49-yalpi majlisida “Yangi tahrirdagi O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganligi munosabati bilan O`zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida”gi qonun senatorlar tomonidan muhokama qilindi. 

Konstitusiyaga muhrlangan ustuvor maqsad va vazifalarni amalga oshirish yuzasidan Oliy Majlis palatalari tomonidan o`z faoliyatlarini tartibga soluvchi O`zbekiston Respublikasi qonunlari yangi tahrirdagi Konstitusiyaga muvofiqlashtirilmoqda.
Parlament palatalarining faoliyatidagi parallellik va bir-birini takrorlovchi vakolatlar aniqlashtirilmoqda, Senat a`zolari jami 100 nafardan 65 nafarga qisqartirildi. Bunda, har bir ma`muriy-hududiy birlikdan 4 nafardan senator saylanishi, 9 nafari Prezident tomonidan tayinlanishi belgilandi.

Qonunchilik palatasi Spikeri o`rinbosarlari soni 7 tadan 2 taga qisqartirildi. Bunda Spikerning o`rinbosarlari fraksiya a`zosi bo`lishi mumkin emasligi hamda lavozimda bo`lish davrida siyosiy partiyadagi a`zolikni to`xtatib turishi belgilandi.  Bundan tashqari Qonunchilik palatasi va Senatning o`zini o`zi tarqatib yuborish vakolati kiritildi. Bunday holatda Qonunchilik palatasiga yangi saylov 2 oy mobaynida o`tkazilishi, Senatning yangi tarkibi esa, 1 oy mobaynida shakllantirilishi nazarda tutildi.

Qonunning senat a`zolari soni va qo`mitalar nomlari, Qonunchilik palatasi spikerining o`rinbosarlari soni va maqomini belgilovchi qoidalari 2024 yilning navbatdagi chaqiriqdagi Oliy Majlis palatalari ishi boshlanganidan amalga kiritilishi belgilandi. 

Muhokama yakunida ushbu qonun senatorlar tomonidan ma`qullandi.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
0
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар