Tuman hokimi o`tkazgan reyd bo`yicha deputat so`rovi yuborildi

28.11.2023 09:20

Yangiyo`l tumani hokimi boshchiligida bir guruh hokimiyat vakillari tuman hududida tadbirkorlik sub`ektlarini, jumladan kafe va oshxonalar faoliyatini reyd shaklida tekshirgani aks etgan video tarqalgan edi. Mazkur holat ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo`ldi. Bu aksariyat faollar, xususan, tadbirkorlar e`tirozlariga sabab bo`ldi. 

Ma`lum bo`lishicha, bugun Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O`zLiDeP partiyasi fraksiyasi a`zosi deputat Sh. Sharafutdinov holatga aniqlik kiritish va mas`ullar harakatiga qonuniy baho berilishini so`rab, O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga deputat so`rovi yuborilgan.


Eslatib o`tamiz, qonunga muvofiq, tadbirkorlik sub`ektlari faoliyatini tekshirishlar belgilangan tartibga qat`iy rioya qilgan holda, nazorat qiluvchi organning qaroriga binoan vakolatli mansabdor shaxslar tomonidan amalga oshirilishi lozim.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
2
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар