Bosh prokuratura ijtimoiy tarmoqlarida aytilmaydigan korrupsiyalar

14.11.2023 09:44

Joriy yil noyabr oyida bir nechta prokuratura xodimlari pora bilan qo`lga olingani haqidagi xabarlar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Ammo prokuratura xodimlari bilan bog`liq jinoyatlar Bosh prokuratura tarmoqlarida ko`rinish bermadi.

Jumladan;

7 noyabrda DXX Andijonda gumonlanuvchiga yordam berish evaziga $5 ming olgan tergovchi va bunga ko`rsatma bergan prokuror o`rinbosarini ushlaganini ma`lum qildi. Andijon viloyatida fuqaroga nisbatan firibgarlik va pora berish ayblovi bilan jinoyat ishi ochilgan. Xo`jaobod tumani prokuraturasi tergovchisi esa gumonlanuvchiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo`llamaslik va tergovda engillik berish evaziga 5 ming dollar talab qilgan.

Samarqand viloyatida esa Pastdarg`om tumani prokurori yordamchisi jinoyat ishida ayblanuvchi fuqaroga yordam berish evaziga uning qarindoshlaridan 3 ming dollar so`ragan. Buning evaziga  prokuror yordamchisi fuqaroga sud jarayonida engillik qilishi va sud idoralarida ishlovchi tanishlari orqali uni qamoqdan chiqarishi kerak bo`lgan.

DXX Samarqand shahrida o`tkazilgan tezkor tadbirda prokuror yordamchisini so`ralgan puldan $2,5 mingini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlagan.

Holat yuzasidan mazkur mansabdor shaxsga nisbatan viloyat prokuraturasi Jinoyat kodeksining 168- va 211-moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atdi. Unga qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo`llandi.

Shuningdek, joriy yilning may oyida Bosh prokuratura boshqarma katta prokurori E.A. va Toshkent shahar Uchtepa tumani prokuraturasi tergovchisi A.D.lar jinoyat ishi bo`yicha gumonlanuvchi sifatida, prosessual tartibda ushlangan.

Korrupsiya bilan bog`liq mazkur holatlar Bosh prokuratura veb-sayti, ikkita telegram kanali va boshqa ijtimoiy tarmoqlarida prokuratura xodimlarining jinoyat ustida qo`lga olingani haqidagi xabarlar mavjud emas.

Hattoki, Bosh prokuratura Matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning prokuratura faoliyati bilan bog`liq blogida ham hech qanday ma`lumot berilgagan.

Biroq, prokuratura tarmoqlarida boshqa soha vakillarining pora bilan qo`lga olingani haqidagi xabarlarini bemalol topish mumkin.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
3
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар