Alisher Qodirovga ko`ra, bunga qonunda ko`zda tutilgan jarimalarning kamligi sabab bo`lishi mumkin.
"Daraxtni noqonuniy kesganlik uchun AQShda 100 ming, Fransiyada 150 ming, Saudiyada 8 million AQSh dollarigacha jarima belgilangan. Bizda bu harakat uchun 1000 AQSh dollarigacha jarima ko`zda tutilgan qonun Prezident tomonidan rad etildi. E`tiroz to`g`ri, qonunni qayta ko`ramiz", deb yozgan Qodirov.
Prezident qaytargan qonun loyihasini 3 may kuni Senat ma`qullagan bo`lib unda daraxtlarni noqonuniy kesish bilan bog`liq huquqbuzarliklar uchun yangi sanksiyalar ko`zda tutilgan. O`zgartirish kiritilgan loyihada jarimalar nomigagina oshirilib qo`yilgan edi.
Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksga tegishli o`zgartishlar kiritish to`g`risidagi qonunda o`simliklarga etkazilgan zarar uchun fuqarolarga Bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravaridan 15 baravarigacha (avval 5 baravaridan 10 baravarigacha edi), mansabdor shaxslar uchun esa, 15 baravaridan 20 baravarigacha (avval 10 baravaridan 15 baravarigacha edi) jarima belgilanishi ko`zda tutilgan edi.