«O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrog`i to`g`risida»gi qonuniga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritilmoqda.
Qonun bilan, quydagi hollarda Davlat bayrog`iga nisbatan hurmatsizlik qilishga yo`l qo`yilmaydi:
— Davlat bayrog`idan va uning tasviri tushirilgan belgilardan yirtilgan, ifloslangan, teshilgan, rangi oqargan holda va boshqa nomaqbul tarzda foydalanishga;
— Davlat bayrog`idan biror-bir narsa uchun ustki yoping`ich sifatida foydalanishga, bundan jamiyat va davlat arboblari, harbiy xizmatchilar dafn marosimlarida foydalanish mustasno;
— Davlat bayrog`ini stollarga, o`rindiqlarga, stullarga to`shashga yoki tasvirlashga va undan qoplama sifatida foydalanishga, shuningdek o`tiriladigan boshqa joylarga yoki oyoq ostiga to`shashga yoki tasvirlashga;
— Davlat bayrog`idan kiyim-kechak, dastro`mol yoki ko`rpa-to`shak sifatida, shuningdek buyumlarni saqlash va tashish uchun foydalanishga;
— Davlat bayrog`ining tasviri tushirilgan belgilarni poyabzal, dastro`mol, ko`rpa-to`shak, ichki kiyim-kechakga, sochiqlarga, qutilarga (o`rovlarga), bir marta foydalanish va tashlab yuborish uchun mo`ljallangan buyumlarga bosib chiqarishga yoki uning tasvirini boshqacha tarzda tushirishga;
— Davlat bayrog`idan va uning tasviri tushirilgan belgilardan odob-ahloq qoidalari va jamiyatda yurish-turish qoidalariga zid ravishda yoxud ularni tahqirlash hisoblanadigan boshqacha tarzda foydalanishga yo`l qo`yilmaydi.