Maktablar atrofida tamaki mahsulotlarini sotish masofasi qisqardi

02.06.2023 22:09

Tamaki 124 dan ortiq mamlakatda qishloq xo`jaligi ekini sifatida etishtiriladi. 300 dona sigaret ishlab chiqarish uchun 1 dona daraxt nobud bo`ladi. 

Ushbu jarayon jamiyat salomatligi, qishloq xo`jaligi ishchilari va er unumdorligiga salbiy ta`sir qilishi tabiiy. Shuningdek, jahon oziq-ovqat sanoatining inqiroziga ham olib kelmoqda.

Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti va uning hamkorlari har yili 31 may - xalqaro tamakisiz kunini millionlab insonlarni himoya qilish maqsadida nishonlaydilar. 1 iyun kuni "Tamaki emas, oziq-ovqat etishtiring" nomi ostida o`tkazilgan matbuot anjumanida ham ayni mavzu doirasidagi muammolarga e`tibor qaratildi.

Shu bilan birga, 24 may kuni qabul qilingan "Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda iste`mol qilinishini cheklash to`g`risida"gi yangi qonunning mazmun-mohiyatiga ham mutaxassislar tomonidan izoh berildi.

Qonunga ko`ra, O`zbekiston hududiga chekilmaydigan tamaki mahsulotlari, jumladan, nikotin mahsulotlari olib kirish va sotish taqiqlanadi, nos bundan mustasno. Shuningdek, ko`chada tamaki mahsulotlarini sotuvchilar ham soliq to`laydi. Maktablar atrofida tamaki mahsulotlarini sotish masofasi esa 300-500 metrdan 100-200 metrga qisqartirildi. Bu jahon tajribasiga mos, deya izohlandi. 

Yangi tahrirdagi qonunda alkogol va tamaki mahsulotlarining nazoratiga ham alohida e`tibor qaratilgan. Misol tariqasida, oldin  alkogol va tamaki mahsulotlari savdo markazlarida bemalol reklama qilib sotilgan bo`lsa, yangi bilan, endi bu taqiqlanadi. Bundan tashqari, voyaga etmagan xaridorlarga ham tamaki sotgan sotuvchi yoki voyaga etmagan farzandlariga tamaki olib kelishini buyurgan ota-onalarga ham jazo belglanadi. Shuningdek, tamaki mahsulotlarini donalab sotish ham taqiqlanadi. 

Yangi tahrirdagi mazkur qonunning ayrim qismlari 3 oy muddatdan so`ng, tadbirkorlarga bog`liq qismlari esa 1 yildan so`ng kuchga kiradi.

@rost24_uz_bot — Хабар йўлланг. Сизнинг хоҳишингизга кўра ҳар қандай маълумот сир сақланади
3
Изоҳ қолдириш
Изоҳлар